Qazo namozlarimni o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Alloh xayrli ishlaringizda Sizlarga kuch-kuvvat bersin. Aziz ustozlar, o‘qish va ish deb bir necha yillik namozlarim qazo bo‘lgan. Xudo xoxlasa bularni qazosini o‘qiyapman baxoli qudrat. Men qazo namoz haqida ikki xil o‘qish tartibini eshitdim. Har bir namoz oldidan faqat o‘sha qoldirilgan namozni o‘qish, ya’ni peshin namozi vaqti kirguncha faqat qoldirilgan peshin namozining farzini, asrda esa asrnikini o‘qish. Xar bir namoz oldidan qoldirilgan namozlarni tartib bilan o‘qish, ya’ni peshin namozi kirguncha qoldirilgan namozlarni bomdod, peshin, shom va hokazolarning farzini o‘qish.
Kaysi biriga amal qilish to‘g‘ri? Iltimos shuni anigini kursatib bersangiz. Katta rahmat oldindan!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qanday qilib bo‘lsa ham o‘qisangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 12:48 | Савол-жавоблар | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar