Nogiron

Assalomu alaykum! Sizga savolim bor edi.Nega Alloh nogiron farzandlarini yaratdi.Sababi bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulug‘ bir zot ko‘chada ketayotsalar bir tobutni uch erkak va bir ayol ko‘tarib ketayotgan ekan. U zot yugurib borib ayol ko‘targan tomonni elkasiga oldi. Olib borib dafn qilishdi, dafndan so‘ng hali ayoldan so‘radi. “Bu kim, mahallada sizdan boshqa sizdan boshqa buni ko‘targani erkak topilmadimi” dedi. U ayol: “Bu mayyit mening o‘g‘lim, u xunasa edi, uylanmadi ham turmushga ham chiqmadi. Hamma uni ustidan kular edi. U esa bu Allohning taqdiri. Men Robbimning taqdiriga roziman” dedi. U zot davomini hikoya qilib aytadi. O‘sha kecha tunda dafn qilingan yigitni jannatda ko‘rdim. Xursand holatda edi, “Sen bugun dafn qilingan yigitmisan” deb so‘raganimda “Ha, men o‘shaman. Robbim meni mag‘firat qildi. Avvalo Robbimning taqdiriga rozi bo‘lganim va insonlar meni xorlaganliklariga sabr qilganim uchun” dedi. Bu dunyoda hech bir narsa Allohning tadbiri va hikmatisiz bo‘lmaydi. inson buni doimiy yodda saqlashi kerak.Bu balo Allohning qahri emasdir. G‘am tashvish va kasalliklar ikki qismdir
Inson qachon biror dard yoki g‘am tashvishga botsa, qarzdor bo‘lib qolsa, uy joysiz qolsa, ikki holatdan biri bo‘ladi. Birinchisi bu Allohning qahri va azobidir. Ikkinchisi bandaning darajasi baland bo‘lishi va unga ajru savobni ko‘plab berilishiga sababdir.
G‘am tashvish va kasallik Allohning azobi hamdir
Oxirat azobi qattiq bo‘ladi. shuning uchun gohida Alloh taolo bandasini oxirat azobidan saqlash va uchun to‘g‘ri yo‘lga qaytishi bu dunyoda ham ba’zi bir balolarga mubtalo qiladi. Alloh taolo “Sajda” surasi 21 oyatida marhamat qiladi: وَلَنُذِيقَنَّهُمْ مِنَ الْعَذَابِ الْأَدْنَى دُونَ الْعَذَابِ الْأَكْبَرِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ 21. Albatta, ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar.
Ya’ni «O‘sha fosiqlarga oxiratning buyuk azobidan oldin bu dunyodagi yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, ular bundan saboq olib, kufr va fisqu fujurdan, yomonliklardan qaytsalar».
G‘am tashvish va kasallik Allohning rahmati hamdir وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوفْ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الأَمَوَالِ وَالأنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ۝ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ۝ 155. Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar ber.
156. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir.
أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ۝ 157. Ana o‘shalarga Robblaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar, o‘shalargina hidoyat topganlardir.
Ikkisi orasida farq
Ikkisi orasidagi farv shuki, birinchiga mubtalo bo‘lgan kishi Alloh taologa yuzlanishni tark qiladi, taqdiriga norozi bo‘ladi va hammaga Allohdan shikoyat qiladi. Nega meni bunchalar baloga giriftor qilmasa? Nima gunohim bor? hamma salomatu mengina shunday dardga chalinganman deyaveradi. Alloh buyurgan namoz, ro‘za va boshqa farzlarni tark qiladi. Balolardan qutilish choralarini qilsada, tavbaga shoshilish, duoda bo‘lish va qilgan xatolarini to‘g‘rilashni, qilgan zulm va jafolarini tadorigini ko‘rishni tark qiladi. Bu holga tushish badbaxtlik alomatidir. Agar boshiga balo tushishi bilan tavbaga shoshilsa, duo qilib “Ey Allohim, men zaifman, nochorman. Bundanda ortig‘ balolarga loyiqman. Shunday bo‘lsada o‘z fazling va karaming ila menga najot bergin” deydi. Dilida xatolariga afsus, tilida istig‘for bo‘ladi. yuzidan g‘ami namoyon bo‘lsada tilida Allohdan shikoyat qilish, dilida nafratlanish degan narsa bo‘lmaydi. Aksincha avvalgidanda ibodat va zikrga mashg‘ul bo‘ladi. qilgan xatolarini o‘ylab uni to‘g‘rilashga kirishadi. Bu balo Allohning rahmatidir. Bu Allohning o‘sha bandaga muhabbatiborligi va uning darajasini yuqori bo‘lishini alomatidir. Dunyo g‘amdan xoli emas Ba’zida kishilar: “Muhabbat ham shunday bo‘ladimi? Yaxshi ko‘rgan bandasini ham shunda baloga giriftor qiladimi? Alloh yaxshi ko‘rsa, orom ustiga orom baxsh etmasmidi?” deyishadi. Bu dunyo jannat emas, sinov maydonidir. Inson payg‘ambar, valiy, podshoh, boy yoki faqir miskin bo‘ladimi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar biror dardga yo‘liqishi, boshiga g‘am tashvish tushishidan xoli bo‘lmaydi. Bir kun sovuq bo‘lsa, bir kun issiq bo‘ladi. Bu dunyoda sog‘lik va kasallik, xursandchilik va xafagarchilik, rohat va g‘am tashvish birga yuradi. Faqat azobu azob do‘zahda, oromu orom jannatda bo‘ladi. bu dunyoda beg‘am bo‘lish yo‘q. Allohning har kimga bergan davlati alohidadir Alloh kimgadir iymon va sog‘lik davlatini bersa, kimgadir molu-dunyo, kimgadir solih farzandalar, kimgadir boshqaruvchilik va yana kimgadir boshqa narsalarni bergan. Huddi shuningdek kimgadir biror dardni bergan bo‘lsa, kimgadir farzandsizlik, kimgadir noqobil farzandlarni va yana kimlarga turli tuman g‘am tashvishni bergan. Kimgadir boylik berib, sog‘ligini olib qo‘ygan, kimgadir soglik berib boyligini olib qo‘ygan. Hullas hammaning holi alohida alohidadir. Hamma qaysidir bir imtihondadir. Har kim o‘ziga berilgan dardga ham nematga ham shukr qilishi kerak. Ibratli voqea Bir kishi nihoyatda nochor holda, zo‘rg‘a kun kechirar ekan. Bir kuni u mustajobud da’vat, ya’ni duosi ko‘p ijobat bo‘ladigan kishining huzuriga boribdi va: «Mening haqqimga duo qilsangiz! Men ham kam-ko‘sti yo‘q kishilar kabi hayot kechirsam», deb, o‘zining haqqiga duo qilishini so‘rabdi. U odam: «Avval sen biror kam-ko‘sti yo‘q odamni topib, menga: «Shu odamga o‘xshashni xohlayman», degin! Keyin men Allohdan sening haqqingga duo qilay», debdi. Faqir kishi o‘z shahridagi bozorlarni aylanib yurib, bir do‘kondorga ko‘zi tushibdi. U bir gapirib, o‘n kular, savdo mollarini xohlaganiga arzonga sotar, xohlaganiga bekorga ehson qilib, berib yuborar edi. Atrofida ikki-uch kelishgan yigitlar – o‘g‘illari bo‘lsa kerak – xizmatiga tayyor turishibdi. «Shu odam, men shu odamga o‘xshashni xohlayman!» deb, duogo‘yning huzuriga boribdi va: «Falon do‘kondorga o‘xshashni xohlayman», debdi. U kishi faqirga: «Avval sen uning biror hasrati bormi-yo‘qmi, shuni ham bilib kelgin, mabodo tashqi ko‘rinishi sen orzu qilgandek bo‘lsa ham, ichi hasratga to‘la bo‘lsa, sen ham qiynalib qolmagin», debdi. Faqir u zotning gapiga quloq solib, do‘kondorning oldiga kelibdi va ahvolini bayon qilibdi. Shunda do‘kondor qattiq xo‘rsinib: «Birorta inson men kabi baxtsiz bo‘lmasa kerak, – debdi. Faqir hayron bo‘libdi. Shunda do‘kondor so‘zida davom etibdi: – Alloh menga mol-dunyoni berdi, lekin xotinning barakasini bermadi. Ehtirosga berilib, shariatga nomuvofiq ish qildim va Alloh mendan xotinning barakasini olib qo‘ydi. Bir kuni ayolim qattiq kasal bo‘lib, hamma umidimiz uzildi va qaytib sog‘aymasa kerak, deb tayyorgarlikni ko‘ra boshladik. Ayolim ham, men ham bir-birimizni qattiq yaxshi ko‘rar edik. O‘limidan avval u menga qarab: «Men o‘lsam, yana boshqasiga uylanib, ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz», dedi. O‘zi o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa ham, uning bu gapida rashk, hasrat alomatlari bor edi. Uni yupatish uchun qayta uylanmasligimni aytdim, lekin taskin topmadi. Men ehtirosga berildim, hammomga kirib, qayta uylana olmaydigan holatda chiqdim. Shundan so‘ng ayolimning ko‘ngli taskin topdi. Allohning taqdiri ekan, u go‘rning og‘zidan qaytib keldi. Muhabbatimga javoban, bir-ikki yil sabr qildi, keyin esa ayolligiga bordi. Sen ko‘rib turgan bolalar mening farzandlarim emas. Shariatga nomuvofiq qilgan bir ishim mendan xotinning barakasi ketishiga, umr bo‘yi hasratda qolishimga sabab bo‘ldi…» Shundan so‘ng faqir o‘zida boriga shukr qilib yashay boshladi. Payg‘ambarlar eng suyukli zotlardir Koinotda Alloh taologa eng suyukli zotlar anbiyolardir. Ulardan ko‘ra Allohga mahbub birortasi bo‘lishi mumkin emas. shunday bo‘lsada birorta payg‘ambar misli ko‘rilmagan imtihon va balolardan xoli bo‘lgan emas. Alloh taolo Qur’oni karimda bir nechalariga bergan ba’zi bir imtihonlarini zikr qilgan. Ularni o‘qigan inson Alloh O‘zi suygan bandalarini munchalar qattiq imtihon qilmasa deb qoladi. Nuh alayhissalom ko‘ring qavmidan ko‘rmagan zulmi sitamlari qolmadi hatto uylangan ayoli ham xoin chiqib U zotga iymon keltirganlarni qavmiga sotib boradigan va qavmi ularni azobga soladigan bo‘lgan. Oxir oqibat xotin to‘fon balosida g‘arq bo‘ldi.
Ibrohim alayhissalom o‘z o‘g‘lini qurbonlik qilishlariga buyurildilar, o‘tga tashlandilar. Eng qattiq dushmani o‘z otasi bo‘ldi. Oddiy iymon keltirgan kishining otasi benamoz bo‘lishi farzandga qanchalar azobli. U zotning otasi esa, iymonsiz bo‘libgina qolmay buttarosh bo‘lgan. Oxiratni qandayligini bilgan kishiga otasining oqibatini qandayligini bilish qanchalar alamli. Mahbub bandaga balolar nega? عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إِذَا أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يُصَافِي عَبْدًا مِنْ عَبِيدِهِ ، صَبَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ صَبًّا ، وَثَجَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ ثَجًّا ، فَإِذَا دَعَى ، قَالَتِ الْمَلَائِكَةُ : صَوْتٌ مَعْرُوفٌ ، وَقَالَ جِبْرِيلُ : يَا رَبُّ هَذَا عَبْدُكَ فُلَانٌ ، يَدْعُوكَ فَاسْتَجِبْ لَهُ ، فَيَقُولُ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى : " إِنِّي أُحِبُّ أَنْ أَسْمَعَ صَوْتَهُ " ، فَإِذَا قَالَ : يَا رَبُّ ، قَالَ : " لَبَّيْكَ عَبْدِي لَا تَدْعُونِي بِشَيْءٍ إِلَّا اسْتَجَبْتُ لَكَ عَلَى إِحْدَى ثَلَاثِ خِصَالٍ : إِمَّا أَنْ أُعَجِّلَ لَكَ مَا تَسْأَلْنِي ، وَإِمَّا أَنْ أَدَّخِرَ لَكَ فِي الْآخِرَةِ مَا هُوَ أَفْضَلُ مِنْهُ ، وَإِمَّا أَنْ أَدْفَعُ عَنْكَ مِنَ الْبَلَاءِ مِثْلَ ذَلِكَ " ، ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : يُؤْتَى بِالْمُجَاهِدِينَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَيَجْلِسُونَ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِالْمُصَلِّي فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ ، وَيُؤْتَى بِالْمُتَصَدِّقِ ، فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِأَهْلِ الْبَلَاءِ ، فَلَا يُنْصَبُ لَهُمْ مِيزَانٌ ، وَلَا يُنْشَرُ لَهُمْ دِيوَانٌ ، ثُمَّ يُسَاقُونَ إِلَى الْجَنَّةِ بِغَيْرِ حِسَابٍ حَتَّى يَتَمَنَّى أَهْلُ الْعَافِيَةِ أَنَّ أَجْسَادَهُمْ قُرِضَتْ بِالْمَقَارِيضِ فِي الدُّنْيَا Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qachon Alloh bandalaridan birini O‘ziga muqarrab qilishni iroda qilsa, ustidan balolarni yog‘dirib qo‘yadi.banda duo qilganida farishtalar: “Tanish ovozku” deyishadi va Jabroil: “Ey Robbim, bu falon bandang, senga duo qilmoqda, duosini ijobat qilsang” deydi. Shunda Alloh taborak va taolo: “Men uning ovozini eshitishni hush ko‘raman” deydi. Banda qachon: “Ey Robbim” desa, Alloh: “Labbay bandam, nima deb duo qilsang senga uch narsadan birini albatta beraman. So‘raganingni tezdan beraman, yoki oxiratga so‘raganingdan afzalini tayorlab qo‘yaman yoki so‘raganingni mislicha sendan balolarni daf qilaman” deydi” dedilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni safarbarlikka chiqqanlarni keltirilib, hisob qilinishlari uchun o‘tiradilar. Namozhonni keltirilib, hisob qilinishga o‘tiradi. Sadaqa berganni keltirilib, hisob qilinishga o‘tiradi. Ahli baloni keltiriladi. Ular uchun tarozi tikilmas hamda devoni ochilmas va hisobsiz jannatga olib boriladilar. Shunda ofiyat ahli jasadlari dunyoda ombirlar bilan qimchib tashlangada edi deb orzu qilishadi” dedilar.
Demak Allohning imtihonlari imtihon qilinganlarning qiyomatdagi darajalari baland bo‘lishi, chekkan azoblariga evaziga misli ko‘rilmagan nematlar berilishi uchun ekan. In’om berilganda chekkan aziyatlar arzimas narsa ekanligi ma’lum bo‘ladi. عن أنس بن مالك قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم يؤتى بأنعم أهل الدنيا من أهل النار يوم القيامة فيصبغ في النار صبغة ثم يقال يا ابن آدم هل رأيت خيرا قط هل مر بك نعيم قط فيقول لا والله يا رب ويؤتى بأشد الناس بؤسا في الدنيا من أهل الجنة فيصبغ صبغة في الجنة فيقال له يا ابن آدم هل رأيت بؤسا قط هل مر بك شدة قط فيقول لا والله يا رب ما مر بي بؤس قط ولا رأيت شدة قط رواه مسلم Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni dunyoda ne’matlarga ko‘milgan do‘zahiy insonni keltirilib, do‘zah(azobig)ga bir bor botiriladi. So‘ng : “Ey Odam farzandi, hech bir ro‘shnolik ko‘rganmisan, senga biror nemat berilganmi?” deyiladi. U : “Yo‘q, Allohga qasamki, Ey Robb” deydi. Dunyoda odamlarning eng nochori bo‘lgan jannatiy kishini keltirilib, jannat (nematlari)ga bir bor botiriladi va: “Ey Odam farzandi, biror marta nochorlikni ko‘rganmisan, biror bor qiyinchilikni kechirganmisan” deyiladi. U: “Yo‘q, Allohga qasamki, Ey Robb, biror marta nochorlikni ko‘rmaganman, biror bor qiyinchilikni kechirmaganman” deydi” dedilar”. Muslim rivoyati. Qiyinchiliklarning misoli Ashraf Ali Tahonaviy rohmatullohi alayh Allohning imtihonlarini mohir tabib va bemorga o‘xshatganlar. Biror jarrohlik amaliyotiga muhtoj inson uchun jarroh tabib jarrohlik amaliyotini ko‘rsatma bersa, bemor uni qanchalik mashaqqatli bilmasin, uni o‘z baxti deb biladi. Jarrohdan iltimos qiladi va kerak bo‘lsa, barcha harajatlarini ko‘taradi. Amaliyoti muvaffaqiyati uchun jarrohga tashakkur aytib, hadiyasini ham beradi. Go‘yoki, jarroh tig‘ ishlatishi va ozor berishiga harajat qilgan bo‘ladi. Chunki, bemor shu ish uning oqibati va salomatligi uchun foydali ekanligini biladi. Ortidan etadigan salomatlik ulkan nematligini va chekkan azobi uning oldida hech narsa emasligini biladi. Jarrohning yorib, tikib qo‘yishi bemor uchun mehribonlik va rahmat, jarroh esa, eng mehribon zot bo‘ladi. Huddi shuningdek Alloh taolo ham biror bandasini baloga mubtalo qilsa, bu u bandaga qilingan amaliyot hisoblanadi. Bu bilan uning gunohlaridan poklaydi. Toki pokiza holda jannatiga kirgazish uchun.
Imtihon vaqtida qilinishi kerak bo‘lgan ish
Alloh taolo tarafidan imtihon bo‘lganda banda Uning O‘ziga yuzlanishi, O‘zidan madad so‘rashi va mukofotidan umid qilishi kerak. Alloh taolo Baqara surasida marhamat qiladi: وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوفْ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الأَمَوَالِ وَالأنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ۝ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ۝ أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ۝ 155. Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar ber.
156. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir.
157. Ana o‘shalarga Robblaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar, o‘shalargina hidoyat topganlardir.
عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا مَاتَ وَلَدُ الْعَبْدِ قَالَ اللهُ لِمَلَائِكَتِهِ: قَبَضْتُمْ وَلَدَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: قَبَضْتُمْ ثَمَرَةَ فُؤَادِهِ؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: مَاذَا قَالَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: حَمِدَكَ وَاسْتَرْجَعَ، فَيَقُولُ اللهُ: ابْنُوا لِعَبْدِي بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَسَمُّوهُ بَيْتَ الْحَمْدِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ التِّرْمِذِيُّ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir bandaning bolasi o‘lsa, Alloh farishtalariga: «Bandamning bolasini qabz qildingizmi?» deydi.
«Ha», deydilar. «Uning dil mevasini qabz qildingizmi?» deydi.
«Ha», deydilar. «Bandam nima dedi?» deydi.
«Senga hamd va istirjo’ aytdi», deydilar.
Shunda Alloh: «Bandamga jannatda bir uy bino qilinglar va uni «Hamd uyi» deb nomlanglar», deydi». Termiziy rivoyati. Ajoyib qissa Ruhul bayon tafsirida bir hikoyani keltiriladi. Unda : “Ikki farishta to‘rtinchi osmonda bir-biriga yo‘liqib, ikkisi ham juda ajoyib ishga buyurilganini aytib qolishdi. Biri: “Bir yahudiy o‘lim to‘shagida yotibdi. Ko‘ngli baliq eyishni hoxlayapti. Uning yaqinidagi suvlarda baliq yo‘q. Istagini qondirishi uchun Alloh taolo uning hovuziga bor joydan baliq haydab kelishimga buyurdi.” dedi. Boshqasi : “Men undanda ajoyib ishga buyurildim. Bir musulmon o‘lim to‘shagida yotibdi. Uning yonida ichishga suv turibdi. Istagi bajo bo‘lmasligi uchun Alloh taolo uning yonidagi suvni to‘kib yuborishimga buyurdi” dedi. Ikkovlari Robbilarining hukmini bajo keltirgach, Robbilariga : “Amringni bajardik, lekin itoatingda bo‘lgan mo‘minning mahrum bo‘lishini, yahudiyning yonida bo‘lmagan baliqni haydab keltirtirib edirishingni hikmatini tushunmadik”deyishdi. Alloh taolo : “Sizlar amrlarimdagi hikmatlarni bilmaysiz. Mening kofirlarga bo‘ladigan muomalam boshqa, musulmonlarga bo‘ladigan muomalam boshqa bo‘ladi. Kofirlar ham yaxshi amallarni qiladi. Kimgadir yordam bergan, sadaqotlar qilgan, mazlumlarga yordam qilgan bo‘ladi. Ularning amallari oxiratda hech qanday qadrga ega bo‘lmasada, yaxshiliklari besamar ketmaydi. Amallarining evazini bu dunyoda naqd qilib beraman. So‘ragan dunyoviy maqsadlarini beraman va amallariga evaz oxiratga qolmaydi. Musulmonlarga muomalam uning aksi bo‘ladi. Ularning gunohlari evaziga turli balolarni berib oxiratga barcha gunohlaridan pok holida borishini iroda qilaman. Yahudiy qilgan barcha yaxshiliklarini evazini olgan va birgina yaxshiligi qolgan edi. O‘lim to‘shagida baliq eyishni xohladi va uning xohishini ado qilib oxiratga barcha yaxshiligidan quruq holida kelishini xohladim. Musulmonni esa birgina gunohi qolgan edi. Suvni ichishdan mahrumligi o‘sha gunohiga kafforat bo‘lib, huzurimga pokiza holda kelishini iroda qildim” dedi. Alloh taoloning hikmatlarini kim ham idrok qilaoladi.
Bu riyozatlar majburiydir
Yigirmanchi asr mashoyixlaridan Doktor Abdulhay rohmatullohi alayh: “Avvalda kishilar ruhiy tarbiya uchun biror shayx huzuriga borar, ular esa talabalarga turli riyozat va vazifalarni yuklar edilar. Maqsad ularda go‘zal xulqni hosil qilish va botiniy bemorliklarni daf qilish edi. Hozirda unday riyozatlar ko‘pam foyda bermayapti. Odamlar semizlikdan ozor chekkani uchun qilayotgan dietasicha ruhiy tarbiyaga ahamiyat berolgani yo‘q.Zarari ochiq ko‘rinib turgan parhezida bardavom bo‘lolmayaptilar. Shuning uchun Alloh taolo ba’zi vaqtlarda bandasini majburiy riyozatga duchor qiladi. Bunday riyozatlarning samarasi yuqori bo‘ladi. bunda banda tez taraqqiyotga uchraydi. Ko‘rmaysizmi bir oy parhez qilagan qaydayu, bemor bo‘lib bir hafta tomog‘idan ovqat o‘tmay ozigan qayda. Chunonchi sahobai kirom roziyallohu anhumlar davrida riyozatlar ixtiyoriy emasdi. Qasddan taomlarni tark qilish, o‘zlariga o‘zlari turli vazifalarni yuklab olish yo‘q edi. Ammo majburiy mashaqqatlar sanoqsiz edi. Kalima aytib iymonga kelgani uchun qizigan qumga yotqizilib, ustilaridan tosh bostirilib qo‘yilar, o‘lar holga kelgunlaricha kaltaklanar edilar. O‘sha davrda aqllariga kelgan azoblarni berishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lishlarining o‘zida ularga qanchalar azoblar berildi. Huhusan islomning avvalida juda og‘ir edi. Bularning barchasi majburiy riyozatlar edi. Bu riyozatlar natijasida sahobalar misli ko‘rilmagan taraqqiyotga erishdilar. Ulardagi iymon va ixlos ummatlar ichida bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng oxirgi darajaga etdi. Ulardan keyingilar aslo ular darajasiga etolmaydilar. Hatto Makka fathidan keyin iymon keltirganlar undan avval iymon keltirganlarchalik bo‘lolmasliklarini Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qilgan. Chunki ularning riyozatlari o‘ta og‘ir bo‘lgan. مَا لَكُمْ أَلَّا تُنفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلِلَّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ لَا يَسْتَوِي مِنكُم مَّنْ أَنفَقَ مِن قَبْلِ الْفَتْحِ وَقَاتَلَ أُوْلَئِكَ أَعْظَمُ دَرَجَةً مِّنَ الَّذِينَ أَنفَقُوا مِن بَعْدُ وَقَاتَلُوا وَكُلًّا وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَى وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 10. “Sizlarga nima bo‘ldiki, Allohning yo‘lida nafaqa qilmaysizlar? Holbuki, osmonlaru erning merosi Allohnikidir. Sizlardan hech kim fathdan ilgari nafaqa qilganlarga va urushda qatnashganlarga barobar bo‘la olmas. Ularning darajalari fathdan so‘ng nafaqa qilgan va urushda qatnashganlardan ko‘ra buyukdir. Alloh barchalariga yaxshilikni va’da qilgan. Va Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir”. Hadid surasi 10 oyat. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning maqomini zikr qilib: عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا تَسُبُّوا أَصْحَابِي، فَلَوْ أَنَّ أَحَدَكُمْ أَنْفَقَ مِثْلَ أُحُدٍ ذَهَبًا مَا بَلَغَ مُدَّ أَحَدِهِمْ وَلَا نَصِيفَهُ Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimni so‘kmanglar! Agar sizlardan biringiz Uhud tog‘idek oltin sadaqa qilsa ham, ulardan birining bir muddiga* ham, uning yarmiga ham etmaydi», dedilar».
* Mud (mudd) hajmda 0,6875 litr (≈ 0,688 litr), og‘irlikda 0,544 kilogrammga teng.
Bandaning boshiga tushadigan barcha mashaqqatlar, kasalliklar va sinovlar Alloh taolo tarafidan bo‘ladigan majburiy riyozatlardir. Biz balo deb bilayotgan mashaqqatlar aslida Uning rahmati va muhabbatidir.
Bir misol
Kichik bolalar odatda suvdan qo‘rqishadi. Onasi sovunlab, cho‘miltirib oppoq qilib qo‘ygunicha hamma yoqni boshiga ko‘taradi. Chunki cho‘milishdan bola qiyinchilikni his qiladi. Ona majburlab uni cho‘miltiradi. Ishqalab kirini chiqaradi va badbo‘y hidlarini ketkazadi. Bolaning dodvoyiga qaramaydi. Bola onasini zulm qilyapti deb o‘ylaydi. Gohida haqoratli so‘zlar ham aytadi. Aslida ona bolasini yaxshi ko‘rganidan, jismini sof bo‘lishini xohlaganidan, hammanining o‘rtasida jirkanch holda bo‘lishini istamaganidan shunday qiladi. Bola ulg‘ayganida onasi unga qanchalar mehribon bo‘lganini anglaydi. Ikkinchi misol Ota-ona bolaning yoshligida majburlab maktabga olib boradi. Ertalab shirin uyqudan qoladi, besh olti soatlab maktabda o‘zini qamalganday his qiladi. O‘ynab yurgan bolalarni ko‘rib, yanada g‘ami ortadi va men ham shu bolalar kabi o‘ynab yursam bo‘lmasmikan? Nega ota-onam meni azobga qo‘yishmasa? Nima gunohim bor meni? deb noliydi. Bu holatda mehribonlikning taqozosi ota-ona bolani majburlab o‘qitishi bo‘ladi. Bola katta bo‘lganida agar ota-onasi majbur qilmaganlarida johil qolar, hamma rohat farog‘atda bo‘lganida bu ularning oldida sharmanda bo‘lib, umrining oxirigacha jazosini tortishini anglaydi. Huddi shuningdek, Alloh taolo ham bandasini komil, haq va nohaqni ajratadigan, sof iymonli va huzurida gunohlardan pok inson bo‘lishini xohlaydi. Alloh taoloning muhabbati va shafqatining taqozosi ham shudir. Sharti, banda bu g‘am tashvishni Alloh taolodan ekanligini bilsin va O‘ziga yolvorib savobni umid qilsin. Ayyub alayhis salomning bemorligi Tarihdan
Ayyub alayhis salomning qanchalar qattiq sinovlarga duchor bo‘lganlari barchamizga malum. U zot bitta ayollaridan tashqari barcha farzandlari, molu dunyolaridan ayrilganlar va juda ham uzoq yillar misli ko‘rilmagan dardga chalinganlar. Ba’zilar bu dard o‘n sakkiz yilga cho‘zilgan deyishgan. Hamma u zotdan yuz o‘girgan. Uning ustiga shayton kelib, manaviy ezish maqsadda: “Bu dard sening gunohlaring tufayli keldi, Alloh taolo sendan norozidir. Seg Uning qahri va g‘azabiga uchrading” deyishni boshladi va o‘zicha dalillar ham keltirdi. Ayyub alayhis salom shayton bilan munozara qildilar. Injilning Ayyub alayhis salomga tegishli sahifasida batafsil keltirilgan. Chunonchi, . Ayyub alayhis salom : “Sening
bu dard va musiybatlar sening gunohing tufaylidir, Alloh taolo sendan norozi degan gaping noto‘g‘ri. Aksincha bu Alloh taoloning rahmati, mehribonligi va menga bo‘lgan muhabbatining alomatidir. Men Robbimga shukrlar qilaman, O‘ziga iltijo qilaman va dardimga shifo berishini so‘rayman, lekin nega meni dardga mubtalo qilding deb shikoyat va e’tiroz qilmayman. Alloh taolo bu holatda ham O‘ziga iltijo qilishimni nasib qilishi, shikoyat qildirib O‘zidan boshqalarga noliydigan qilib qo‘ymasligi menga bo‘lgan muhabbati va rahmati ekanligining belgisidir” deganlar. Musibat Alloh taoloning rahmati ekaligining alomati Ayyub alayhis salom payg‘ambar, payg‘ambarlarning ulul azmlaridan bo‘lganlar. Alloh taolo u zotni bir qavning ruhiy tabibi qilib saylaganlar. Allohshunos bo‘lganlar. Alloh taoloning odatlarini eng yaxshi bilganlardan bo‘lganlar. Shu zot musibat va dardlarning qay biri rahmatu qay biri g‘azab ekanini ajratib, alomatlarini ham aytib berganlar. Musibatga duchor bo‘lgan kishi taqdirdan norozi bo‘lib, shikoyat qilishi va o‘zini bu dardga loyiqmas deb bilishi Alloh taoloning bandasiga qahri g‘azabi, taqdirga rozi bo‘lishi, bu musibatni Alloh taoloning imtihoni deb bilib, O‘ziga ibodat va iltijoni ko‘paytirishi hamda Ey Alloh men ojizman, bu dardlarni ko‘tarolmayman, O‘z fazli karaming ila meni bundan halos qil deb duo qilishi muhabbat va rahmatning belgisidir. Chunki, o‘shandek sinovlar Ibrohim alayhis salomni Xaliylulloh, Muso alayhissalomni Kaliymulloh, Muhammad alayhissalomni Habibulloh deb laqablanishlariga sabab bo‘lgan. Alloh taolo yuvaffas sobiruvna ajrohum degan. Duo qabul bo‘lishining alomati Ba’zi vaqtlarda balo va musibatlarga yo‘liqqanlar ibodatda bardavom bo‘lib, Alloh taoloning O‘ziga yolvorib duo qilsalar ham duo ijobat bo‘lmagandek bo‘ladi. Shunda
kishi bu musibat azob va qahrning alomati emasmikan deb qoladi. Bunga javob shuki, Alloh taolo bandasiga taqdirga rozi bo‘lish, ibodatga qaytish va duoda bardavom bo‘lishni nasib qilishi duo ijobat bo‘lganing alomati hisoblanadi. Aks holda duoga ham tavfiq bo‘lmasdi. Bunday vaqtda musibatga alohida in’om, duo qilishga alohida in’om beriladi. Bu musibat darajaning yuqori bo‘liga vosita bo‘ladi. Jaloluddin Rumiy rohmatullohi alayh masnaviyda Alloh taolo tarafidan hikoya qilib: “Guft on Alloh, tu labbayka most” ya’ni uning Alloh deyishi bizning labbay deyishimizdir” deganlar. Bu, banda qachon Alloh desa, Alloh labbay bandam deganidir. Musibatni qachongacha davom etishi yoki tezdan arishi esa, Allohning hikmatiga bog‘liqdir. Bu huddi tabib bemorga qachongacha davolanishni cho‘zish yoki tezdan to‘xtatishiga o‘xshaydi. عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إِذَا أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يُصَافِي عَبْدًا مِنْ عَبِيدِهِ ، صَبَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ صَبًّا ، وَثَجَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ ثَجًّا ، فَإِذَا دَعَى ، قَالَتِ الْمَلَائِكَةُ : صَوْتٌ مَعْرُوفٌ ، وَقَالَ جِبْرِيلُ : يَا رَبُّ هَذَا عَبْدُكَ فُلَانٌ ، يَدْعُوكَ فَاسْتَجِبْ لَهُ ، فَيَقُولُ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى : " إِنِّي أُحِبُّ أَنْ أَسْمَعَ صَوْتَهُ " ، فَإِذَا قَالَ : يَا رَبُّ ، قَالَ : " لَبَّيْكَ عَبْدِي لَا تَدْعُونِي بِشَيْءٍ إِلَّا اسْتَجَبْتُ لَكَ عَلَى إِحْدَى ثَلَاثِ خِصَالٍ : إِمَّا أَنْ أُعَجِّلَ لَكَ مَا تَسْأَلْنِي ، وَإِمَّا أَنْ أَدَّخِرَ لَكَ فِي الْآخِرَةِ مَا هُوَ أَفْضَلُ مِنْهُ ، وَإِمَّا أَنْ أَدْفَعُ عَنْكَ مِنَ الْبَلَاءِ مِثْلَ ذَلِكَ " ، ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : يُؤْتَى بِالْمُجَاهِدِينَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَيَجْلِسُونَ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِالْمُصَلِّي فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ ، وَيُؤْتَى بِالْمُتَصَدِّقِ ، فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِأَهْلِ الْبَلَاءِ ، فَلَا يُنْصَبُ لَهُمْ مِيزَانٌ ، وَلَا يُنْشَرُ لَهُمْ دِيوَانٌ ، ثُمَّ يُسَاقُونَ إِلَى الْجَنَّةِ بِغَيْرِ حِسَابٍ حَتَّى يَتَمَنَّى أَهْلُ الْعَافِيَةِ أَنَّ أَجْسَادَهُمْ قُرِضَتْ بِالْمَقَارِيضِ فِي الدُّنْيَا Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qachon Alloh bandalaridan birini O‘ziga muqarrab qilishni iroda qilsa, ustidan balolarni yog‘dirib qo‘yadi.banda duo qilganida farishtalar: “Tanish ovozku” deyishadi va Jabroil: “Ey Robbim, bu falon bandang, senga duo qilmoqda, duosini ijobat qilsang” deydi. Shunda Alloh taborak va taolo: “Men uning ovozini eshitishni hush ko‘raman” deydi. Banda qachon: “Ey Robbim” desa, Alloh: “Labbay bandam, nima deb duo qilsang senga uch narsadan birini albatta beraman. So‘raganingni tezdan beraman, yoki oxiratga so‘raganingdan afzalini tayorlab qo‘yaman yoki so‘raganingni mislicha sendan balolarni daf qilaman” deydi” dedilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni safarbarlikka chiqqanlarni keltirilib, hisob qilinishlari uchun o‘tiradilar. Namozhonni keltirilib, hisob qilinishga o‘tiradi. Sadaqa berganni keltirilib, hisob qilinishga o‘tiradi. Ahli baloni keltiriladi. Ular uchun tarozi tikilmas hamda devoni ochilmas va hisobsiz jannatga olib boriladilar. Shunda ofiyat ahli jasadlari dunyoda ombirlar bilan qimchib tashlangada edi deb orzu qilishadi” dedilar.
Demak Allohning imtihonlari imtihon qilinganlarning qiyomatdagi darajalari baland bo‘lishi, chekkan azoblariga evaziga misli ko‘rilmagan nematlar berilishi uchun ekan. In’om berilganda chekkan aziyatlar arzimas narsa ekanligi ma’lum bo‘ladi. Hoji Imdodulloh rohmatullohi alayhning voqeasi Musibatlar so‘rab olinadigan narsa emasku, lekin inson boshiga tushsa, sabr qilishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam balolardan panoh so‘raganlar. Bir duolarida: “Ey Alloh, sendan yomon dard va bemorliklardan panoh so‘rayman” deganlar. Mabodo boshiga o‘shanday dardlar kelsa, shikoyat qilmay, o‘zlari haqlarida rahmat deb bilganlar va uni ketishiga duo qilganlar. Ashraf Ali tahonaviy rohmatullohi alayh “Mavoiz”larida bir qissani keltirganlar. Hoji Imdodulloh rohmatullohi alayh bir majlisda: “Bandaning boshiga qanchalar balo kelmasin u Allohning rahmati va in’omidir. Basharti banda uning qadrini bilsa va Alloh taologa yuzlansa” dedilar. Shu vaqt o‘sha majlisga bir badaniga oq tushgan kishi kelib: “Hazrat, duo qilsangiz, Alloh taolo mening dardimni aritsa” dedi. Hozir bo‘lganlar hazrat hozirgina barcha musibat Alloh taoloning ne’mati unga shukr qilish kerak, noshukrlik va hammaga shikoyat qilmaslik kerak deb turgandilar. Bu holatda nima qilish kerak ekan deb qolishdi. Hazrat bu ne’matni ketkazgin deb duo qilarmikanlar yoki qilmasmikanlar deb qolishdi. Hazrat duoga qo‘l ko‘tardilar va : “Ey Allohim, sening bu bandanga bergan darding shak shubhasiz Sening rahmatingdir. Buning ortida Sening hikmating yashiringan. Lekin biz ojizligimiz tufayli ne’matingni ko‘tarolmayapmiz. Shuning uchun dard ne’matingni salomatlik ne’matinga almashtirgin” deb duo qildilar. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan sodir bo‘lgan haolatning ayni o‘xshashi edi. عَنْ عَطَاءٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ لِي ابْنُ عَبَّاسٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَلَا أُرِيكَ امْرَأَةً مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ؟ قُلْتُ: بَلَى، قَالَ: هَذِهِ الْمَرْأَةُ السَّوْدَاءُ أَتَتِ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: إِنِّي أُصْرَعُ، وَإِنِّي أَتَكَشَّفُ، فَادْعُ اللهَ لِي، قَالَ: إِنْ شِئْتِ صَبَرْتِ وَلَكِ الْجَنَّةُ، وَإِنْ شِئْتِ دَعَوْتُ اللهَ أَنْ يُعَافِيَكِ، فَقَالَتْ: أَصْبِرُ، قَالَتْ: إِنِّي أَتَكَشَّفُ فَادْعُ اللهَ لِي أَلَّا أَتَكَشَّفَ، فَدَعَا لَهَا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Ato roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ibn Abbos roziyallohu anhu menga: «Senga jannat ahlidan bo‘lgan bir ayolni ko‘rsataymi?» dedi. «Ha», dedim. «Mana bu qora xotin. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Meni tutqanoq tutadi. Shunda ochilib qolaman. Allohga mening haqimda duo qiling», dedi. «Agar istasang, sabr qilursan va senga jannat bo‘lur. Agar istasang, Allohga sen uchun ofiyat so‘rab, duo qilurman», dedilar u zot. «Sabr qilurman. Ammo ochilib ketishim bor. Allohga mening ochilib ketmasligimni so‘rab, duo qiling», dedi ayol. Bas, u zot uning uchun duo qildilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisda sahobai kiromlarning jannat yo‘lida har qanday qiyinchiliklarga sabr qilishga tayyor ekanliklarining bir namunasi bayon qilinmoqda. Su’ayra al-Asadiya ismli oddiy bir qora tanli, jussali sahobiya ayol bo‘lgan ekanlar. U kishi tutqanoq kasaliga, tutqanoq bo‘lganda ham, eng shiddatlisiga mubtalo bo‘libdilar. Xastalik kelib, dumalab qolganda badanlarining ma’lum qismlari ochilib ham ketar ekan. Aftidan, ayolni asosan tashvishga solgan narsa ham ochilib ketishlari bo‘lsa kerak. Shuning uchun ham u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilganlarida:
«Meni tutqanoq tutadi. Shunda ochilib qolaman. Allohga mening haqimda duo qiling», dedi».
Agar u ayolni faqat tutqanoq xastaligi tashvishlantirganda, o‘shaning o‘zini aytib qo‘ya qolar edi. Chunki tutqanoq bo‘lmasa, ochilish ham bo‘lmaydi. Uning asosiy tashvishi badanining o‘z ixtiyoridan tashqarida ochilishi edi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan duo umidida kelgan edi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u kishiga ixtiyorni keng qo‘ydilar.
«Agar istasang, sabr qilursan va senga jannat bo‘lur. Agar istasang, Allohga sen uchun ofiyat so‘rab, duo qilurman», dedilar u zot».
Bu erda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sabr orqali erishish mumkin bo‘lgan narsani eslatib qo‘ydilar. Ixtiyorni ayolning o‘ziga tashladilar. Oldin duoni qilib qo‘yib, keyin tushuntirganlarida, ayol afsus qilishi ehtimoli bor edi. Shuning uchun ham ba’zi kishilar yordam so‘rab kelganda ularga o‘sha ishning hamma tomonini bayon qilib berish, o‘ziga tanlash imkonini yaratish kerak ekan.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu gaplaridan keyin ayol, hozirgi kunda cheksiz qahramonlik sanalsa ham, o‘sha vaqt uchun oddiy hisoblangan yo‘lni tanladi.
«Sabr qilurman. Ammo ochilib ketishim bor. Allohga mening ochilib ketmasligimni so‘rab, duo qiling», dedi ayol».
Ya’ni «Jannatga kirish umidida tutqanoq xastaligi shiddatlariga, qiynoqlariga sabr qilaman. Tutqanog‘imning tuzalishi haqida Allohga duo qilmasangiz ham mayli. Ammo tutqanoq tutgan paytda ochilib ketishim men uchun katta musibat, shuni yo‘q qilishini so‘rab, Alloh taologa duo qilishingizni so‘rayman».
«Bas, u zot uning uchun duo qildilar».
Ayolning tutqanog‘i tutganda badani ochilmaydigan bo‘ldi. O‘zi esa dardga sabr qilgani uchun jannatga kirish va’dasini oldi. Bu va’da haq va’dadir. Shuning uchun ham Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Ato ibn Abu Raboh roziyallohu anhuga yuksak darajadagi havas va ehtirom ila:
«Senga ahli jannatdan bo‘lgan bir ayolni ko‘rsataymi?» demoqdalar.
Ha, mo‘min-musulmon bandaning bemorlikka sabr qilishi uning jannatga erishishiga sabab bo‘lar ekan Musibatga mubtalo bo‘lgan ojizligini izhor qilsin Ba’zi ulug‘larimiz biror dardga yo‘liqsalar, voy voylab qo‘yishar edi. Zohirdan olib qaralganda bu musibatga sabr qilmaslik va shikoyatga o‘xshab ko‘rinar edi. Aslida esa, ularning bu kabi ishlari shikoyat yoki taqdirga norozilik bo‘lmasdi, aksinsa, ojizlikning izhori bo‘lardi. Ular Alloh taolo bu dardni menga O‘zining huzurida shikastaligim, ojiz bandaligimni izhor qilishim uchun berdi. Alloh taolo O‘ziga qiladigan ohu-zorimni eshitishi uchun berdi” der edilar. Bu kuyidagi hadisga amal qilishning ayni o‘zidir. عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إِذَا أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يُصَافِي عَبْدًا مِنْ عَبِيدِهِ، صَبَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ صَبًّا ، وَثَجَّ عَلَيْهِ الْبَلَاءَ ثَجًّا ، فَإِذَا دَعَى ، قَالَتِ الْمَلَائِكَةُ : صَوْتٌ مَعْرُوفٌ ، وَقَالَ جِبْرِيلُ : يَا رَبُّ هَذَا عَبْدُكَ فُلَانٌ ، يَدْعُوكَ فَاسْتَجِبْ لَهُ ، فَيَقُولُ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى : " إِنِّي أُحِبُّ أَنْ أَسْمَعَ صَوْتَهُ " ، فَإِذَا قَالَ : يَا رَبُّ ، قَالَ : " لَبَّيْكَ عَبْدِي لَا تَدْعُونِي بِشَيْءٍ إِلَّا اسْتَجَبْتُ لَكَ عَلَى إِحْدَى ثَلَاثِ خِصَالٍ : إِمَّا أَنْ أُعَجِّلَ لَكَ مَا تَسْأَلْنِي ، وَإِمَّا أَنْ أَدَّخِرَ لَكَ فِي الْآخِرَةِ مَا هُوَ أَفْضَلُ مِنْهُ ، وَإِمَّا أَنْ أَدْفَعُ عَنْكَ مِنَ الْبَلَاءِ مِثْلَ ذَلِكَ " ، ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : يُؤْتَى بِالْمُجَاهِدِينَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَيَجْلِسُونَ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِالْمُصَلِّي فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ ، وَيُؤْتَى بِالْمُتَصَدِّقِ ، فَيَجْلِسُ لِلْحِسَابِ وَيُؤْتَى بِأَهْلِ الْبَلَاءِ ، فَلَا يُنْصَبُ لَهُمْ مِيزَانٌ ، وَلَا يُنْشَرُ لَهُمْ دِيوَانٌ ، ثُمَّ يُسَاقُونَ إِلَى الْجَنَّةِ بِغَيْرِ حِسَابٍ حَتَّى يَتَمَنَّى أَهْلُ الْعَافِيَةِ أَنَّ أَجْسَادَهُمْ قُرِضَتْ بِالْمَقَارِيضِ فِي الدُّنْيَا Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qachon Alloh bandalaridan birini O‘ziga muqarrab qilishni iroda qilsa, ustidan balolarni yog‘dirib qo‘yadi.banda duo qilganida farishtalar: “Tanish ovozku” deyishadi va Jabroil: “Ey Robbim, bu falon bandang, senga duo qilmoqda, duosini ijobat qilsang” deydi. Shunda Alloh taborak va taolo: “Men uning ovozini eshitishni hush ko‘raman” deydi. Banda qachon: “Ey Robbim” desa, Alloh: “Labbay bandam, nima deb duo qilsang senga uch narsadan birini albatta beraman. So‘raganingni tezdan beraman, yoki oxiratga so‘raganingdan afzalini tayorlab qo‘yaman yoki so‘raganingni mislicha sendan balolarni daf qilaman” deydi” dedilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni safarbarlikka chiqqanlarni keltirilib, hisob qilinishlari uchun o‘tiradilar. Namozxonni keltirilib, hisob qilinishga o‘tiradi. Sadaqa berganni keltirilib, hisob qilinishga o‘tiradi. Ahli baloni keltiriladi. Ular uchun tarozi tikilmas hamda devoni ochilmas va hisobsiz jannatga olib boriladilar. Shunda ofiyat ahli jasadlari dunyoda ombirlar bilan qimchib tashlangada edi deb orzu qilishadi” dedilar.
Bunday suratlarda bahodirlikni namoyish qilish nodonlikdir. Bir ulug‘ zotning voqeasi Muhammad Shafe’ Usmoniy rohmatullohi alayh bir ulug‘ zotning voqeasini hikoya qilib: “Buzruglardan biri bemor bo‘lganida boshqa bir buzrug ziyoratiga kelibdi. Qarasa alhamdu lillah alhamdu lillah deb o‘tirgan ekan. Kelgan mehmon: “Bu ishingiz juda yaxshi, lekin bir oz voy- voylab ham turing. Voy voylamaguningizcha shifo ham kelmaydi. Chunki Alloh taolo bu dardni sizga O‘zing huzurida ojizligingizni va bandaning holi qanchalik ekanligini izhori uchun bergan. Bandalikning taqozosi ham shudir. Alloh taologa bahodirligingizni ko‘rsatishingizga hojat yo‘q. boringizni namoyon qilib: “Men bu dardni ko‘tarishga ojizman, nochorman O‘zing daf qilgin” deng” degan ekan. Qosim Nanutviy huzuriga bir kishi kelib: “Hazrat umrim oxirlab qoldi. Menga biror vazifa bersangiz. Shoyad shu vazifa najotimga sabab bo‘lsa” dedi. Shunda u zot: “Alloh taoloning huzuriga U zotning huzurida yo‘q narsalardan jo‘natib turing. Chunki har kimga huzurida yo‘q narsa juda qadrli bo‘ladi” dedi. Mehmon qattiq hayratga tushib: “Hazrat hech tushunmadim. U zotning huzurida U zotga qadrli bo‘lgan narsaning yo‘q bo‘lishi mumkinmi? Axir U zot Robbul olamiyn, har narsaning bor qiluvchisi, yaratuvchisi va qodiri mutlaqku. Siz ayting! Huzurida nima yo‘q? dedi. “Alloh taoloning huzurida ojizlik, shikastalik, muxtojlik yo‘q, har kun shukr qilish bilan birga shularni ham qilib turing” dedi. Aslida bunday qilish anbiyolarning sunnatidir. Ayyub alayhissalom musibatda qolganlarida duo qilgani Alloh taolo hikoya qilib: وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَى رَبَّهُ أَنِّي مَسَّنِيَ الضُّرُّ وَأَنتَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ 83. Va Ayyubning O‘z Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sen rahmlilarning rahmlisisan!» – deganini esla. degan. Odam ato va Mommo Havvoning boshlariga tushgan savdodan najot topishlari uchun: قَالاَ رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ 23. Ikkovlari: «Robbimiz, o‘zimizga zulm qildik. Agar bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lamiz», – dedilar deganlarini va Yunus alayhissalomning baliq qornida turib nido qilganlarini وَذَا النُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَى فِي الظُّلُمَاتِ أَن لَّا إِلَهَ إِلَّا أَنتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنتُ مِنَ الظَّالِمِينَ 87. Zunnunni (esla). O‘shanda u g‘azablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni o‘ziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan o‘zga Iloh yo‘q, O‘zing poksan! Albatta, men zolimlardan bo‘ldim», – deb nido qildi” deb bayon qilgan. Ibratli voqea Tahonaviy rohmatullohi alayh bir kishining voqeasini aytgalar. U kishiga hol g‘olib kelib: “Meni sendan o‘zga birortasida ishim yo‘q, hech narsada menga mazza qolmadi, hoxlaganingdek imtihon qil” deb yubordi. Go‘yo mening mazza qiladigan hech narsam qolmadi, imtihonlaringa tayorman degandek bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay bavl tutilib, hojat chiqorolmay qoldi. Bir necha kun qovug‘i to‘lib, tashqariga chiqmay azobda qoldi. Oxir noto‘g‘ri gapirib qo‘yganini anglab qoldi va huzuriga o‘qishga keladigan bolachalarga: “Da’vosida yolg‘onchi bo‘lgan amakingiz haqqiga duo qilingalar, Alloh taolo meni bu darddan halos qilsin. Men yolg‘on da’vo qilib qo‘ydim. Robbim ne’matlarini qadrlamadim. Alloh taolo menga bergan odamlar narzida ne’matligi esdan chikkan narsaning mazzasini eslatib qo‘ydi” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu holatdagi sunnatlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam inson boshiga musibat tushganda yig‘lashi, ba’zi so‘zlarni aytishligi, ojizligini izhor qilib, tadbirini ko‘rishi mumkinligi bildirganlar. O‘g‘illari Ibrohim vafot topganida ko‘zlariga yosh kelgan. G‘amginliklarini izhor qilganlar. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَخَلْنَا مَعَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى أَبِي سَيْفٍ الْقَيْنِ وَكَانَ ظِئْرًا لِإِبْرَاهِيمَ عَلَيْهِ السَلام ، فَأَخَذَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِبْرَاهِيمَ فَقَبَّلَهُ وَشَمَّهُ، ثُمَّ دَخَلْنَا عَلَيْهِ بَعْدَ ذَلِكَ، وَإِبْرَاهِيمُ يَجُودُ بِنَفْسِهِ، فَجَعَلَتْ عَيْنَا رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَذْرِفَانِ. فَقَالَ لَهُ عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَوْفٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: وَأَنْتَ يَا رَسُولَ اللهِ؟! فَقَالَ: «يَا ابْنَ عَوْفٍ، إِنَّهَا رَحْمَةٌ». ثُمَّ أَتْبَعَهَا بِأُخْرَى فَقَالَ: «إِنَّ الْعَيْنَ تَدْمَعُ، وَالْقَلْبَ يَحْزَنُ، وَلَا نَقُولُ إِلَّا مَا يَرْضَى رَبُّنَا، وَإِنَّا بِفِرَاقِكَ يَا إِبْرَاهِيمُ لَمَحْزُونُونَ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga temirchi Abu Sayfning oldiga kirdik. U Ibrohimning – unga Allohning salomi bo‘lsin – sut otasi* edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohimni olib, o‘pdilar va hidladilar. Keyinroq uning oldiga yana kirdik. Ibrohim jon taslim qilayotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlari yosh to‘ka boshladi. Shunda Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu u zotga: «Siz ham-a, ey Allohning Rasuli?!» dedi. U zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir», dedilar. So‘ng ketidan yana yig‘lab: «Albatta, ko‘z yosh to‘kadi, qalb mahzun bo‘ladi, ammo Robbimiz rozi bo‘ladigandan boshqani aytmaymiz. Albatta, biz sening firoqingdan juda mahzunmiz, ey Ibrohim», dedilar».
Vafot topish vaqtlarida muborak qo‘llarini yonlaridagi piyoladagi suvga solib, yuzlariga surtar edilar. Fotima roziyallohu anho U zot huzurlariga kirganlarida: “Bugundan so‘ng otangizga mashaqqat yo‘q” deb musibatlarini izhor ham qilganlar. Ammo aslo shikoyat va taqdirga e’tiroz qilish mumkin emas. Bahodirlikni izhor qilish ham kerak emas. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 226 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar