Duo va g‘usl

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savollarim kuyidagicha:
Duolar kabul bo‘ladigan vaqtlarda (Azondan so‘ng, yomg‘ir yoqqanida, xo‘roz qichqirganida va hokazo) duoni qo‘lni ko‘tarmasdan qilsa bo‘ladimi?
2). Janobatdan g‘usl qilgan odam, namoz o‘qiyotib kindigini yuvgan yuvmaganiga shubxa kelib qolsa, kindikning o‘zini yuvish kifoya qiladimi? Yoki boshqatdan g‘usl qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz aytgan o‘rinlarda qo‘llarini ko‘tarib duo qilganlar. Mabodo birortasi qo‘lini ko‘tarib duo qilsa, malomat ham qilinmaydi. 2). G‘uslda ham, tahoratda ham suv tegmay qolgan joyning o‘zini yuvish kifoya qiladi. Boshidan qayta qilishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:21 | Савол-жавоблар | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar