Sajda asari

Assalomu alaykum! “Fath” surasining oxirgi oyatidagi «Siymaahum fiy vujuhihim min asari-s-sujuud» dagi “sajda asari” so‘zida qanday belgi-alomat nazarda tutilgan? Alloh taolo diynimiz yo‘lida qilayotgan ishlaringizda doimo madadkor bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Yuzlaridagi alomatlari sajda asaridir». Ya’ni ibodatning asari yuzlaridan bilinib turadi. Bu oddiy haqiqat bo‘lib, ibodatli, pok, taqvodor insonlarning yuzlaridan iymon nuri yog‘ilib turishini har bir mulohazali, ko‘zi ochiq kishi ko‘ra oladi. Payg‘ambarimizdan qilingan rivoyatlardan birida: «Kimning tunda namozi ko‘paysa, kunduzi yuzi chiroyli bo‘ladi», – deyilgan. Sahobai kiromlar bu borada hammaga o‘rnak bo‘lganlar.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:13 | Савол-жавоблар | 135 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar