Irim, bid’at, xurofotlar to‘g‘risida kitob

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr axlidan  so‘rang xay’ati! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! So‘ramoqchi bo‘lganim aslida taklif. Mana savollar.islom.uz sayti bugun to‘liq bir ajoyib ilm manbaiga aylandi. Istalgan savolga javob topsa bo‘ladi. Shu jumladan irim, bid’at, xurofotlar haqida ham. Biz tomonlarda irim, bid’at, xurofotlarning kamayishi juda sust axvolda. Kim mushkulikushod qilgan, kim yigit pirlaridan madad so‘ragan, kim falon bobo ruxiga atab mol so‘ygan. Keksa otaxon onaxonlarimizdan duo so‘raganimizda ko‘pincha “Xazrat Dovud qo‘llasin, yigit pirlari madadkor bo‘lsin” va shunga o‘xshash duolarni olganingizdan so‘ng xafsalangiz pir bo‘ladi. Xarom  yilda qurbonlik qilish mumkinmas emish. Seshanba kuni uyimizda ham kir yuvilmasligini yaqinda bilib qoldim.  «Qora mushukku yo‘lni kesib o‘tmay qo‘ygan bo‘lsa kerak» … Ular turmushni qiyinlashtirishmoqda, adashmoqdalar xolos! Taklif qilmoqchi bo‘lganim savollar.islom.uz manbasi asosida irim, bid’at, xurofotlar xaqida alohida kitob chop etilsa. Albatta “Zikr axlidan so‘rang 1,2,3,4,5” kitoblari bor. U keng qamrovli savollarga javob… Xilol nashr tomonidan chop qilinayotgan ko‘pgina asarlarda bu mavzu yoritilgan. Ammo raxmatli ustozimizning “Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlar haqiqati” kitobiga o‘xshash aloxida bir mavzuga bag‘ishlangan kitob bo‘lsa, uncha muncha adabiyotlarni o‘qimaydigan xalq uchun ayni muddao bo‘larmidi. Taklifimizda bid’at xurofotlarga alohida to‘xtalinsa,  aslida nima ekanligi yoritilsa, ilm saviyasi o‘rtacha axolining xayotida uchraydigan irim sirimlarni misollar tariqasida ko‘rsatib berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Uylaymizki bu jamiyatimizni irim bid’at xurofotlardan tozalashda katta sabab bo‘lardi degan umiddamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo barchamizni O‘zining hanif dini bo‘lmish Isloda sobit qadam aylasin va unga amal qilishimizda bid’atu xurofotlardan yiroq bo‘lishimiz madadkor bo‘lsin! Fikr va mulohazalaringiz uchun tashakkur, Alloh ajrini bersin! Alloh muyassar aylasa, albatta inobatga olib, rejalar qatoriga kiritib, amalga oshirishga harakat qilamiz.  Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:12 | Савол-жавоблар | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar