Kasal hayvon

Assalomu alaykum! Kasali tobora yomonlashib borayotgan (ko‘z, burnidan yiring oqib) lekin yurib turgan mushugimiz bor. Veterinarga olib borib davolatishga hozirda mablag‘ yo‘q. Davolatishga bir necha yuz ming so‘m ketishi aniq.
Ayolim homilador. Ginekolog vrach nazoratiga borganda ayolimning qaysidir qon tahlili yomon chiqqanini ko‘rib, «uyda mushuk boqasizlarmi» dedi. Homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan virus , bakteriyalar hatto sog‘lom hayvonlarda ham ayniqsa mushuklarda uchrashini, mushukni uyda ushlab bo‘lmasligini aytdi.
Mushukni biron uzoq joyga olib borib qo‘yib kelsam gunohkor bo‘lmasmikinman? Chunki boshqa joyda ochlikdan kasalligidan ko‘p yashamaydi. Uyda qolsa ovqat eb yuribdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mushuk boqish sunnat. Mushukni uyda ushlab bo‘lmasligi noto‘g‘ri gap. Mushukka rahm qiling, shoyad Alloh taolo sizga ham rahm qilsa. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:12 | Савол-жавоблар | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar