Uy savdosi
Assalomu alaykum! Qarzim bo‘lgani sabab 3 xonali kvartiramni 2 xonaga almashtirish va o‘rtada ortib qolgan pulga qarzimni uzish maqsadida 3 xonali kvartiramni 1 xafta avval sotdim. Ya’ni, zaklad oldim. Keyin 2 xonali uy qidira boshladim. Qidirish jarayonida o‘z kvartiramni juda ham arzon narxga sotib qo‘yganimni va o‘rtada qolayotgan qarzimdan uzila olmasligimni tushinib etdim. Ushbu holatda fikrimdan qaytib, haridor bilan ahdlashuvimni buzsam bo‘ladimi? Ya’ni bor sababni haridorga tushuntirib, uyimni sota olmasligimni aytishim joizmi? (Agar savol qaytarilgan bo‘lsa uzr, qidiruv xizmatidan bunday mazmundagi savol chiqmagani uchun sizga murojaat qildim). Alloh sizdan rozi bo‘lsin va din yo‘lidagi xizmatlaringizni bardavom qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni bay’ni buzishga haqqingiz yo‘q. Mabodo xaridor rozi bo‘lsa, bu uning ishidir. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:13 | Савол-жавоблар | 146 | Moliya va tijorat