Tarbiya qilish
Assalomu alaykum! Agar xotini erining aytganlarini qilsayu, lekin yolg‘on gapni ko‘p ishlatsa va eri bu ishlaridan keyin xotinidan ko‘ngli qolib, yomon ko‘rib qolsa va ajrashishni xohlasayu, lekin vijdon azobi “ertaga singillaring ham shu tarzda baxtsiz bo‘lishi mumkin” deb tursa, lekin ko‘ngil ayoli bilan bir xonada yashashni istamasa qanday yo‘l tutishi mo‘minlarga xos bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Niso” surasi 34-oyatida marhamat qiladi : الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاء بِمَا فَضَّلَ اللّهُ بَعْضَهُمْ عَلَى بَعْضٍ وَبِمَا أَنفَقُواْ مِنْ أَمْوَالِهِمْ فَالصَّالِحَاتُ قَانِتَاتٌ حَافِظَاتٌ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللّهُ وَاللاَّتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلاَ تَبْغُواْ عَلَيْهِنَّ سَبِيلاً إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيرًا Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh ko‘tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi bosh¬qa yo‘l axtarmang. Albatta, Alloh Oliydir, Ulug‘dir. Har bir jamiyatga rahbar lozim. Rahbari bo‘lmagan jamiyatda tartib-intizom, tinchlik-omonlik va xayr-baraka bo‘lmaydi. Islom ta’limotlari bo‘yicha, oila eng muhim jamiyat bo‘lib, katta jamiyatning asosiy g‘ishti hisoblanadi. G‘ishtlari pishiq imorat mustahkam bo‘lganidek, oilalari ahil bo‘lgan jamiyat ham mustahkam, baquvvat bo‘ladi. Shunday muhim muassasa bo‘lgan oilaning rahbari bo‘lmasligi mumkin emas. Nima uchun Islomda oila rahbarligi erkakka beriladi? Bu savolga ushbu oyati karimada shunday javob beriladi: «Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar». Ularning ustidan boshqaruvchi, qing‘irliklarini to‘g‘rilab odob beruvchidir. Demak, oila rahbarligi bobida Alloh erkakni ayoldan afzal qilib yaratibdi. Darhaqiqat, erkak kishi o‘zining jismoniy tuzilishi, ichki va tashqi qiyofasi, asabiy, ruhiy, nafsoniy va boshqa jihatlaridan oila rahbari bo‘lishga mos qilib yaratilgan. Buning ustiga, oila qurish va uni tutib turish, bu yo‘ldagi barcha sarf-xarajatlar ham erkak kishi zimmasida. U katta mehnat evaziga topilgan molu mulkining behuda ketmasligi lozimligini o‘ylaydi, oilani mustahkam holda tutib turishning chora-tadbirlarini ko‘rishga majbur bo‘ladi. Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo‘lgan va u o‘z rahbarligini shariatda ko‘rsatilgandek ado etgan oilalar baxt-saodatga sohib bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatmaga yurmagan oilalar esa baxtsizlikka uchramoqda, shunday oilalardan tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor bo‘lmoqda. Bu erda gapni cho‘zib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Ammo musulmon jamiyatlarda ham ba’zan bu umumiy qoida buzilganini ko‘ramiz. Erkak rahbar bo‘lgan oilada ham noqulayliklar yuzaga kelib turadi. Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa, odamlarning, xususan, o‘zini musulmon hisoblayotganlarning aybi bilandir. Afsuski, ko‘plar oyati karimada ko‘zda tutilgan rahbarlikni qahr, jabr va zulm o‘tkazishning imkoni deb tushunadilar. Aslida bu rahbarlik mas’uliyatdir. Mas’uliyat bo‘lganda ham, ulkan mas’uliyatdir. Ushbu mas’uliyatga binoan, erkak kishi oilaning, jumladan, ayolning homiyligini, boquvchiligini, muhofazasini ado etmog‘i lozim. «Soliha ayollar itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir». Ya’ni mo‘mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz «itoatkorlik» deb tarjima qilayotgan so‘z oyati karimada «qonitatun» lafzi ila kelgan. Bu so‘z o‘z irodasi, rag‘bati va muhabbati ila itoat qilish ma’nosini anglatadi. Demak, mo‘mina, soliha ayollarning erlariga itoati o‘z mas’uliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo‘ladi. Qo‘rqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror boisdan emas. Bu itoat o‘zini tushungan, hayotdagi o‘rnini, vazifasi va mas’uliyatini his etgan go‘zal insonning itoatidir. Mo‘mina, soliha ayollarning tabiatlaridan yana biri – Ular: «…Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir». Ya’ni erlari yonlarida turgan paytlardagina emas, ular biror sabab bilan oiladan uzoqda bo‘lgan chog‘larida ham ularning haq-huquqlarini, obro‘-e’tiborlarini muhofaza qiladilar. Muhofaza qilishlari havoyi nafsga muvofiq yoki o‘z fikrlaricha yoxud erlarining talabiga binoan bo‘lmaydi. Balki bu borada yagona hakam, belgilab beruvchi oliy tomon – Alloh taolo bor. Shuning uchun ham oyatda «Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha», – deyilmoqda. Ular Allohning hifz qilishga buyurgan narsalarini muhofaza qiladilar. Imom ibn Jarir Tobariy va Ibn Abi Hotimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Ayollarning yaxshisi – nazar solsang, xursand qiladigani, amr qilsang, itoat etadigani va g‘oyib bo‘lsang, seni o‘z nafsida va molingda muhofaza qiladiganidir», – deganlar. Imom Ahmad Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: «Agar ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: «Jannatning qaysi eshigidan xohlasang, kiraver», – deyiladi», – deganlar. Lekin besh qo‘l ham barobar emas, ba’zi ayollar solihalik maqomiga loyiq bo‘la olmaydilar. Haddilarida turmay, erlariga qarshi bosh ko‘tarib, beodoblik, itoatsizlik ko‘rsatadilar. Shunday hollarda nima qilish kerak? Ularga holatlariga qarab muomala qilinadi. Itoatsizlik alomatlari ko‘rinib, erni behurmat qila boshlaganida, unga va’z-nasihat qilinadi. Va’z-nasihat samara berib, munosabatlar izga tushib ketsa, ayni murod. Agar foyda bermasa, xotinning itoatsizligi, isyoni davom etaversa, boshqa chora ko‘riladi. Ikkinchi bosqich chora – hijron, birga yotmaslik, gaplashmaslikdir. Albatta, hijron va’z-nasihatdan ko‘ra ancha ta’sirlidir. Chunki bu masalada ayollar juda hassos bo‘ladilar. Erlarining ularga e’tiborsizligi, gaplashmay qo‘ygani ko‘zlarini kattaroq ochishga majbur etadi. Hali insoflarini yo‘qotmagan bo‘lsalar, o‘zlariga kelishlariga, xatolarini tuzatishlariga sabab bo‘ladi. Ammo bu chora ham ta’sir qilmasa, ayol butkul insofini yutib, itoatsizlikda, isyonda davom etaversa, bu uning yaxshilik bilan yo‘lga kirmasligining alomatidir. Endi unga nisbatan yanada ta’sirchanroq chora – o‘zini bilmaganlarga qilinadigan muomala qo‘llanadi. Ya’ni uriladi. «Bosh ko‘tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring». Ammo urish deganda, qattiq kaltaklash, a’zolarini sindirish yoki boshqa jarohatlar etkazish tushunilmasin. O‘tgan ahli solih ulamolarning birlaridan ushbu oyati karimada izn berilgan urishning ma’nosi so‘ralganida, «Misvok yoki biror barmoq bilan turtish», – degan ekanlar. Hadis kitoblarida rivoyat qilinishicha, Muoviya ibn Hayra Qushayriy roziyallohu anhu: «Ey Allohning Rasuli, xotinlarimizning bizdagi haqlari nima?» – deb so‘raganida, Nabiy alayhissalom: «Agar taom esang, unga ham edirasan, kiyim kiysang, unga ham kiydirasan, yuziga urma, yomon so‘kma, tashqarida hijron qilma», – deganlar. Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning cho‘rilarini urmanglar!» – deganlar. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Ko‘rinib turibdiki, oyati karimadagi urishga berilgan izn faqat siyosat uchun, o‘zini bilmagan ayollarga ta’sir o‘tkazish uchundir. Ayol kishi tabiatan achchig‘i tez chiqadigan, ta’sirchan, shoshqaloq bo‘ladi. Sal narsa bahonasida eriga nisbatan itoatsizlik va beodoblik qilib qo‘yishi mumkin. Ammo keyin o‘ziga kelib, itoatga qaytsa, ularga qarshi chora ko‘rishga zarurat qolmaydi. Yuqorida sanalgan chora-tadbirlarni ham qo‘llash shart bo‘lmaydi. «Agar itoat qilsalar, ularga qarshi bosh¬qa yo‘l axtarmang». Bu narsa oilani mustahkamlashga omil bo‘ladigan ishdir. Chunki bir-biriga nisbatan kechirimli bo‘lish doimo yaxshilik omilidir. Agar kim bu ko‘rsatmalarga yurmasa, o‘zidan ko‘rsin. Chunki: «Albatta, Alloh Oliydir, Ulug‘dir». (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:14 | Савол-жавоблар | 156 | Oila va turmush