Qanday yo‘l to‘g‘ri bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, oila qurganimga 5 yildan oshdi, 2 farzandim bor. Biz Islomiy qoidalarga amal qilib yashashni boshlaganmiz. Bunday yashash tarzi bora-bora turmush o‘rtog‘im va uning ota-onasiga yoqmay qoldi. 5 yil deganda ota-onasi xotinim va farzandlarimni uylariga olib ketishdi. Hozir menga, «agar ochiq kiyinadigan va erkin yuradigan hayot bersangiz qizimiz yashaydi, bo‘lmasa yashamaydi» degan talab qo‘yishgan. Bu otasi va onasining talabi edi, endi ayolimniki ham shunday bo‘layapti. Bu holat nihoyatda tarang holga keldi. Men shoshilmadim, bu masalani oldin o‘rganib maslahat olish kerak deb hisobladim. Savolim: xotinim men bilan islomiy yashashni istamagan taqdirda qanday yo‘l tutishim lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatni yaxshi nasihat ila hal qilishga harakat qiling. Ajrashishga shoshilmang. Yashash yoki yashamaslik o‘zingizni ixtiyoringizdagi ish. Lekin ayolingiz shariatga amal qilmay ochiq kiyinadigan va erkin yuradigan bo‘lsa, albatta va albatta siz ham bu holatga mas’ul bo‘lishingiz va bu haqida oxiratda so‘ralishingizni ham unutmang. Alloh taolo barchamizni O‘zining toati va ibodatiga boshlasin. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:17 | Савол-жавоблар | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar