Ro‘za qazosi haqida
Assalomu alaykum! Shu kunlardagi ro‘za haqidagi quyidagi savlol-javoblar yuzasidan bir masalani yaxshi tushunmadim:
<ol>
<li>Savol:Assalomu alaykum! Kechasi charchaganim tufayli, saharlikka 20 daqiqaga kech qolib turdim. Ya’ni 3:40da. Shunday holatlarda, “bir piyola suv bilan og‘izni yopsa” bo‘ladi deb eshitgandim va shunday qildim. Savolim, shunday qilsa ro‘za buzilmaydimi? Qazosi tutilmaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Javob:Agar uxlashdan oldin, ertangi kun uchun ro‘za tutishga niyat qilgan bo‘lsa, bunda ro‘za buzilib, qazosini ham kafforatini ham tutish vojib bo‘ladi. Niyat qilmagan bo‘lsa, qazo vojib bo‘lib, kafforat vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam! 2. Savol: Assalomu alaykum! Bugun ro‘za tutgani turgandim, soat 4-25 ekan 0,5litr suv ichib, niyat qilib ro‘za tutib oldim. Bu ishim ma’qulmi? Javob: Saharlik vaqti chiqqanidan keyin eb-ichish, o‘sha kunning ro‘zasini qazo qilib tutib berishni vojib qiladi. Ya’ni o‘sha kungi ro‘za durust bo‘lmay, keyin qazosini tutib beriladi. Vallohu a’lam! 3. Savol: Assalomu alaykum! Ustozlar, men bugun ro‘za tutolmay uxlab qolibman. Ko‘tarma ro‘za tutay desam oshqozonimni ozgina mazzasi yo‘q. Shuning uchun ramazon oyidan keyin 1 kun qazo ro‘zamni tutsam bo‘ladimi? Yoki 60 kunmi? Men 60 kun ro‘za tuta olmayman. Javob: Allohga tavakkal qilganingizda edi. 60 kun tutmaysiz. Mening savolim, keyingi 2 holatda nima uchun kafforat vojib bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kechasidan niyat qilib olmagani uchun. Ba’zida kishilar saharlikka turolmay qolishini e’tiborga olib, ro‘zani niyat qilib yotadilar. Shunday holatda saharlik vaqti o‘tib ketganidan keyin uyg‘onib biror narsa eb-ichib qo‘ysa, ro‘zani qasddan buzgan bo‘ladi. Saharlik tugamasidan oldin eb-ichsa, niyatini yangilab olaveradi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:31 | Савол-жавоблар | 175 | Ibodatlar