Umdatul-Fiqh kitobi haqida

Assalomu alaykum! Ko‘plab maqola va savol-javoblarda Umdatul-Fiqh kitobidan iqtibos keltirilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Shundan, bu kitobga bo‘lgan qiziqishimiz ortyapti. Ma’lumot uchun, Umdatul-Fiqh kitobi va bu kitob muallifi haqida ma’lumot bersangizlar, iltimos. Alloh taolo dinimizga qilayotgan xizmatlaringizda nusrat va baraka ato qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Umdatul-Fiqh kitobining sohibi Sayyid Zavvor Husayn rahmatullohi alayh bo‘lib, Hijriy 1329-yil 26-zulhijja oyida Hindistonning Guhla shahrida tug‘ilganlar. U kishining nasablari imom Husayn roziyallohu anhuga borib taqaladi, hanafiy mazhabining olimi. Umdatul-Fiqh kitobi hanafiy fiqhiga oid bo‘lib, unda iymon, tahoratdan boshlab, haj kitobigacha masalalar bayon qilingan. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:36 | Савол-жавоблар | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar