G‘ayridindan valadizino

Assalomu alaykum! Bir do‘stim g‘ayridin ayol bilan zino qilib farzand ko‘rgan. Do‘stim tavba qilgan endi zinoga yaqinlashmayapdi. G‘ayridin ayolni nikoxiga olaman desa u ayol ko‘nmapdi islomga kirishni istamagan. Lekin u ayol bola sizi so‘rayapdi deb do‘stimni o‘z uyiga chaqirib turadi. Bola xam otasini taniydi. Xozirda do‘stim farzand meniki deb ta’minotini qo‘ldan kelgancha qilib turibdi. U tez-tez g‘ayridin ayolni uyiga borib boladan xabar olib keladi. Savolim shuki: do‘stim shu ayolni uyiga farzandni ta’minotini qilish uchun tez-tez borish joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Valadi zino zinokor otasiga nisbat berilmaydi. U o‘sha valadi zinoni bolam deb da’vo qila olmaydi. Bola onasiga nisbat beriladi. Nafaqasi ham onaning zimmasida. Zinokor zinodan orttirgan bolasini ko‘rishga haqli emas. Vallohu a’lam!

15 Июн 2022, 15:20 | Савол-жавоблар | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar