Namozda niyat masalasi

Assalomu alaykum! Ustozlar, «niyat qildim Bamdod namozini farzini o‘qishni. Ushbu imomga iqtido qildim» deb niyat qilsam, to‘g‘ri bo‘ladimi?
Ya’ni, «qiblaga yuzlandim, Alloh roziligi uchun, ikki rak’at farzni o‘qishni» deyishim shart emas. Chunki, namozda qiblaga yuzlangan bo‘lish shart. Namoz Alloh taoloning roziligi uchun bo‘lishiga shak-shubha yo‘q. Farzlarning adadi aniq bo‘lgani uchun ularni rak’atini aytish shart emas. Aziz ustozlar, to‘g‘ri tushundimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday niyat qilsangiz to‘g‘ri bo‘ladi va to‘g‘ri tushunibsiz. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:40 | Савол-жавоблар | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar