Qur’on tilovati haqida

Assalomu alaykum! Qur’on o‘qish haqida ba’zi savollarim bor edi. Qur’onni bir necha yillardan beri o‘qib turishimga qaramasdan, ba’zida Qur’on o‘qish juda oson bo‘ladi, uni o‘qiganimda tilim va dilim yayraydi, yana va yana o‘qigim kelaveradi. Lekin doim ham shunday bo‘lavermaydi. Ba’zida tilim kelishmaydi, o‘qish qiyin bo‘ladi.
Qur’on suralari ichida o‘qilishi qiyin va oson bo‘lgan suralar bormi yoki uni tilovat qilish qiyin osonligi odamni o‘ziga, ruhiy holatiga bog‘liqmi?
Masalan arablar yoki arab tilida har kuni gaplashib turadigan odamlar uchun ham Qur’on tilovati har doim ham oson bo‘ladimi yoki ular uchun ham ba’zida «tili kelishmay qolish» holati ham bo‘lib turadimi? Qur’onni doimo xushu’ bilan o‘qiy olishlik uchun nima qilish kerak? Javoblarinigiz uchun avvaldan ko‘p rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’onga muhabbatni ziyoda qilish kerak. Kishi muhabbat qilgan narsasiga etishishda qiyinchiliklarni sezmaydi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:42 | Савол-жавоблар | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar