Ro‘za tutishi mumkinmi

Assalomu alaykum! Bir tanishim gemoroy kasalligi bilan og‘riydi. U shuni bahona qilib ro‘za tutmaydi. Nima maslahat berasizlar? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vaqtida tutib bermasa, keyin baribir qachonlardir tutib berishga to‘g‘ri keladi. SAVOL: Ro‘zador suv bilan mubolag‘ali tarzda istinjo qilsa, bavosil (gemaroy) kasaliga duchor bo‘lganlar o‘sha joylariga dori qo‘ysalar ro‘zalari ochiladimi? JAVOB: istinjo chog‘ida suv, bavosili kasalligida dorilar orqa a’zoning klizma qilinadigan joyigacha etib borsa ro‘za ochiladi. Etib bormay tashqarida qolsa, ochilmaydi. لَوْ بَالَغَ فِي الِاسْتِنْجَاءِ حَتَّى بَلَغَ مَوْضِعَ الْحُقْنَةِ فَسَدَ وَهَذَا قَلَّمَا يَكُونُ Agar istinjoni mubolag‘a tarzida qilsayu, klizma qilish o‘rnigacha etib borsa, ro‘zasi ochiladi. Bu narsa juda kamdan-kam bo‘ladi. (Roddul Muhtor). وَالْحَدُّ الَّذِي يَتَعَلَّقُ بِالْوُصُولِ إلَيْهِ الْفَسَادُ قَدْرُ الْمِحْقَنَةِ Ro‘zani buzadigan darajada narsaning ichkariga kirishidagi chegara klizmada suv ichkariga ketadigan joyidir. (Roddul Muhtor). Ichkariga kirsayu, lekin u joygacha etib bormasa ro‘za ochilmaydi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:42 | Савол-жавоблар | 147 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar