Ramazonga oid

Shahar markazidagi atrofida oshxonalar bor, musulmon odamning oshxonasi Ramazon oyida kunduz kuni ishlashi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Agar shunga majbur qilinmasalar, bu musulmonga yarashadigan ish emas. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: «Kimki maza talab qiluvchi va haddan oshuvchi bo‘lmagan holda majbur bo‘lib qolsa, unga gunoh yo‘q. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Masalan, deylik, bir odam och qoldi, o‘lim xavfi tug‘ildi, mazkur harom narsalardan boshqa eydigan narsa yo‘q. Shunday holdagina o‘lmay qolish uchun esa bo‘ladi. Faqat oyati karimada ta’kidlanganidek, zulm qilmay, haddan oshmay esa, unga gunoh bo‘lmaydi. Mutlaqo zaruratsiz, qiyinchilik bo‘lmasa ham esa, o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi. Egan paytida to‘yib, keragidan ortiq eb yuborishi esa haddan oshishga kiradi. Ulamolarimiz: «O‘lim xavfida qolgan odamning ushbu narsalardan o‘lmay qoladigan darajada eyishiga ruxsat ushbu oyatdan olingan», – deyishadi. Ammo «Bu harom narsa, o‘lsam ham emayman!» deya qaysarlik bilan o‘lib ketgan inson gunohkori azim bo‘ladi. O‘tgan azizlardan Masruq rahmatullohi alayhi: «Kim majbur bo‘lsa-yu, emay-ichmay o‘lib ketsa, do‘zaxga kiradi», – deganlar. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu Nabiy alayhissalomga: – Ey Allohning Rasuli, duo qiling, Alloh meni duosi qabul bo‘ladiganlardan qilsin, – dedilar. Shunda Nabiy alayhissalom: – Ey Sa’d, taomingni halol qil, duosi qabul bo‘ladigan bo‘lasan. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, bir odam harom luqmani qorniga tashlasa, Alloh uning duosini qirq kungacha qabul qilmaydi. Qaysi bandaning go‘shti haromdan va ribodan o‘ssa, unga do‘zax munosibdir, – dedilar. Alloh taolo ushbu va boshqa oyatlarda musulmonlarga halol va harom narsalar haqida hukmlar nozil qilganida, yahudiylar o‘z odatlariga binoan, yana turli gaplar tarqatdilar. «Bizda bu halol edi», «Tavrotda bu haqda bunday deyilgan edi», deya musulmonlarni shak-shubhaga tushirib, fitna qo‘zidilar.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:47 | Савол-жавоблар | 156 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar