Muqaddas oila ziddiyatlari
Assalomu alaykum! Hurmatli sayt xodimlari, avvalambor el xizmatida, mushkul savollarga javob berib insonlarning turmush jarayoniga tengsiz foyda ko‘rsatib kelayotganingiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Meni bir savol qiziqtirib qoldi. Qisqacha savolimning mazmuni shuki, bir o‘zbek xonadonida kelinga kuyov bola yo‘q maxalda qaynota va qaynona jaxl ustida qo‘l ko‘tarishgan. Kelin xafa bo‘lib qo‘rqanidan o‘z ota- onasiga va tan maxramlikka olgan xo‘jaynisiga qo‘ng‘iroq qilib uyga chaqirgan. Uyga etib kelgach kelinning ota-onalari vaziyatni ko‘rib kelinni o‘z uyligisiga olib ketishgan. O‘g‘il ota-onasiga noto‘g‘ri ish qilibsizlar, nima bo‘lganda ham birinchi bo‘lib menga aytishingiz kerak edi degan gapni aytsa, ota-ona kelinni yomonlab shu ishni jaxl ustida qilib qo‘yishganini aytishgan. Hozirgi kunda kelin ota-onasi bilan yashab kelmoqda. Kelinning otasi kuyovning uydagilari bilan gaplashib olish niyatida ekan. Kuyov bola: «Xamma ayb menda, kelinga sabr qilish ma’nosini yaxshi uqtira olmaganman» deb afsuslanib yuribdi. Bir tomonda otasi va onasi, ikkinchi tomonda ayoli va farzandlari. Bilamiz ota va onadek ulug‘ inson yo‘q, lekin to‘g‘ri uylangan odam puxta yo‘l tutish juda qiyin. Sizlar shu xolatda kuyov bolaga nima maslaxat bergan bo‘lardingiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-onani ko‘nglini topib oilani saqlab qoling. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 184 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-onani ko‘nglini topib oilani saqlab qoling. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 184 | Oila va turmush