Bu holatda kreditga uy sotib olsa bo‘ladimi?
Assalamu alaykum Shayx hazratlari.Janobi Haq olib borayotgan xayirli ammallaringizga o‘zi bilgani adadicha ajrini bersin.Ancha vaqtlardirki ushbu saytdan istefoda etib bilmagan qator savollarimizga javob olib kelmoqdamiz. Shunday bo‘lsada bugun ilk bor bir savol ila murojaat etmoqdaman. Garchi savol takroriy bo‘lsada, qalbimdagi vasvasalarga zora sizning javobingiz barham bersa deya ming andisha ila sizga savol yo‘llamoqchiman (bu mavzuga oid barcha savol-javoblarni o‘qib chiqqan bo‘lsamda balki vaziyyatlar har xil bo‘lganligi uchundir qalbimdagi vasvasalar tark bo‘lmadi)Bir necha yildir Toshkent shahrida ishlayman, o‘zim viloyatlikman, uylanganimga 1.5 yil bo‘ladi, bir qizim bor, uylanib Toshkentga ishga qaytganimdan keyin ijaraga uy olib yashab kelmoqdamiz. Manashu 1.5 yil ichida yaqinda 3 marta yangi uyga ijara asosida ko‘chib o‘tmoqchimiz. Oilada faqat o‘zim ishlaganim uchunmi daromadimizning yarimiga yaqin qismi shu uy ijarasini to‘lashga ketar ekan. Yoshimiz ulg‘ayib oilali bolib farzandlar ko‘paya boshlab uy-joy haqida o‘lay boshlar ekansan kishi. Lekin uylarning narxi ham anchagina pul turadi. Akamdan yordam so‘ray desam ularning ham butun tijoratlarini to‘xatib qo‘yagan bo‘laman qolaversa u ham etmaydi, boshqa yaqin birodarlardan qarz olib turay desam harchand puldor bo‘lishmasin hech qarz beradigan ahvolda ko‘rmayman ularni chunki har doim ularning o‘zlarini pulga muhtoj holda ko‘rasan kishi. Ijarada yuraverilsa hech ozingni o‘nglab olishing qiyin ekan. Xarajatlar esa oila kengayganni sayin kengayarkan - bir tomondan, ikkinchi tomondan ijaraga turishning ko‘ch-ko‘loni ham yomon ekan. Shu tariqa bazilarning ipoteka bank kreditlari asosida uy olish mumkinligini aytishgani miyyamga o‘rnashib qoldi. Assatg‘firulloh Riboku dedim. Yaqinda yangi uyga-ijaraga ko‘chib o‘tishim kerak emasmi, shuning tashvishlari bilan yugurib yurganim uchun hamdir balki, turganda - o‘tirganda miyyamdan shu bank krediti asosida uy sotib olish fikri ketmay qoldi, vasvasa darajasiga etdi. Qalbimdagi ushbu vasvasalardan qator savollar miyyamga kela boshladiki ularga javob topa olmadim:-Uy sotib olish uchun bugun kimdandir 10 000 - 20 000 dollar miqdorida qarz so‘rash juda mushkul;-Islomiy banklar yoki islomiy shartlar asosida faolliyyat olib boradigan moliyaviy muassasalar yo‘qki, ulardan shariat ahkomlari doirasida qarz olgan holda xotirjam uy sotib olsang;-Hozirda ijara uchun to‘laydigan to‘lovim Bank krediti asosida uy olinadigan bo‘lsa kredit foizi miqdori bilan taxminan teng bo‘lar ekan, demak kredit foizini uy ijarasi hisobidan to‘layapman desam, uyning pulini bir necha yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati vujudga kelar ekan. Yani kredit olinmasa kredit foziziga qariyb teng miqdorda ijara to‘lovi to‘layman;-Qolaversa infilyatsiya ham mavjud bo‘lib yillik infilyatsiya(8-12%) taxminan kredit foizi(12%)ga yaqin miqdorni ham tashkil qiladi, bir necha yildan keyin esa usbu infilyatsiya miqdori bank krediti foizidan ham o‘zib ketishi tabiiy;- Bazi birodarlar nochorlik holatida, majburiyyat yuzasidan, boshqa chora yo‘qligidan kreditga uy olsang bo‘lsa kerak deyishayotgan bo‘lsa (holbuki hechkimda aniq asos yo‘q);-Evropa Fatvo Kengashi bazi holatlarda, ayrim joylarda musulmonlarga shunday shartlar asosida uy sotib olish joiz degan fatvo(fatvo bilan aynan tanish emasman, usbuni Mohlaroyim opamizning 31/01/11 da bergan savollariga berilgan javobda o‘qigandim) chiqargan ekan, modomiki shunday, bizlarda ham islomiy moliyaviy muassasalar yo‘qligi, oilaviy sharoit tangligi, boshqa moliyaviy yordam berish choralari yo‘qligi hamda uysizlik natijasida oiladagi ijara kabi xarajatlarning ko‘payishi, alaloqibat oiladagi iqtisodiy qiyinchilikning kelib chiqishi mumkinligi, boshqa choralarning mavjud emasligi, qolaversa islom dini engillik dini ekanligini inobatga olingan holda, bizlarda ham shunday shart asosida (banklardan foizli qarz - "kredit" evaziga) uy sotib olish joiz bo‘larmikin?Bir qancha vaqtdan beri miyamda o‘rnashib olgan bu vasvasalardan hech xalos bo‘la olmayapman. Aytingchi ustoz yuqoridagi vaziyyatlardan kelib chiqqan holda banklardan foizli qarz - "kredit" evaziga uy sotib olish joiz bo‘ladimi. Agar yo‘q bo‘lsa bunday holatda qanday yo‘l tutmog‘imiz darkor?Holatni batafsil tushuntirmoq uchun keng yozdim, savol cho‘zilib ketganligi uchun ma‘zurtutgaysiz.Javobingizni intizorlik bilan kutaman. Zora sizning javobingizdan so‘ng qalbim taskin topsayu, ibodatlarimizga xushu‘yu huzur qaytsa. Hazratim haqqimizga duo qilinkim, Haq yo‘lidan adashmaylik. :jj
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ijaraga imkoni bor odam riboga o‘tishiga ruxsat yo‘q.
20 Апрел 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 200 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ijaraga imkoni bor odam riboga o‘tishiga ruxsat yo‘q.
20 Апрел 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 200 | Moliya va tijorat