Zo‘rlab turmushga berish
Assalomu alaykum! Hurmatli «zikr ahlidan so‘rang» xay’ati, ota onalar o‘z qizlarini turmushga berayotganlarida qizning ko‘ngliga qaramasdan uzatib yuborishlari mumkunmi? Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa ya’ni qiz yigitni yoqtirmasa ota onasiga e’tiroz bildirishiga xaqqi bormi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqi bor. تُسْتَأْمَرَ وَلَا تُنْكَحُ الْبِكْرُ حَتَّى تُسْتَأْذَنَ، قَالُوا يَا رَسُولَ اللهِ، وَكَيْفَ إِذْنُهَا؟ قَالَ أَنْ تَسْكُتَ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَفِي رِوَايَةٍ الثَّيِّبُ أَحَقُّ بِنَفْسِهَا مِنْ وَلِيِّهَا، وَالْبِكْرُ تُسْتَأْمَرُ وَإِذْنُهَا سُكُوتُهَا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Maslahat so‘ralmaguncha, juvon nikohlanmas. Izn olinmaguncha, bokira nikohlanmas», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, uning izni qanday bo‘ladi?» deyishdi. «Sukut saqlamog‘i», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Boshqa bir rivoyatda: «Juvon o‘z nafsiga valiysidan haqliroqdir. Bokiradan esa izn so‘raladi. Uning izni – sukutidir», deyilgan. Bu hadisi sharifda nikoh masalasida qiz va ayollarning roziligi shart ekani, sovchi kelganida, erkaklar, ya’ni otalar, akalar va boshqalar o‘zlaricha javob berib yubormasdan, ular bilan maslahat qilib, roziliklarini olishlari kerakligi bayon qilinmoqda. Zamon buzilib, ishlar teskarisiga aylanmay turib, nafaqat musulmonlarda, balki dunyoning barcha xalqlarida ham bir qizga sovchilik qilish oila boshlig‘i bo‘lmish otaga gap ochish, undan rozilik so‘rash bilan bo‘lgan. Oddiy insoniy odob-axloq, xalqlarning urf-odatlari shuni taqozo qilgan va qiladi ham. Islom otalarga yoki ularning o‘rniga qolgan valiylarga qizning o‘zidan rozilik so‘rashni tavsiya qiladi. Chunki holatning o‘zi shuni taqozo qiladi. Bir odamni o‘zining iznisiz, xabarisiz, roziligisiz erga berib yuborish to‘g‘ri emas. Agar erga tegishi haqida so‘z ketayotgan kimsa erdan ajragan juvon bo‘lsa, u o‘z roziligini ochiq-oydin aytishi shart. Chunki u oila ko‘rgan, erkak kishi bilan munosabatda bo‘lgan, nikoh masalalarida tajribaga ega, bunday gaplarni gaplashib yurgan. Endi ochiq maslahatlashishdan uyalmaydi. Maslahat qiz bolaning turmushga chiqishi haqida bo‘layotgan bo‘lsa, bir oz boshqacha yo‘l tutiladi. Agar u ochiq javob bersa, o‘zining ishi. Uning o‘sha javobiga qarab ish qilinadi. Ammo indamasa, sukuti rozilik alomati bo‘ladi. Muslima qizlar odob-axloq, hayo, ehtirom doirasida tarbiya topganliklari tufayli uyalib, otasi yoki boshqa yaqinlari bilan o‘z nikohi to‘g‘risida gaplashishga uyalib, indamaydilar. Shuning uchun qiz bolaning uyalib, indamagani uning bu nikohga roziligi hisoblanadi. Lekin indamasligiga norozilik alomatlari qo‘shilsa, bunday sukutni rozilik deb bo‘lmaydi. Bunday hollarda onalarni ishga solish yaxshiroq bo‘ladi. Zotan, joriy odatlar ham shunga aylanib qolgan. (“Baxtiyor oila” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 210 | Oila va turmush