Chumoli tushgan narsalar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, juda ko‘p chumoli tushgan asal, murabbo kabi suyuq mahsulotlarning hukmi qanday? Ular halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda tomirida oqar qoni yo‘q bo‘lgan hasharotlar suvga yoki taomga yoki siz aytgandek narsalarga tushib qolsa, tushgan narsasini harom qilmaydi. O‘zini olib tashlab iste’mol qilinaveradi. Hatto kaltakesak ham tomirida oquvchi qoni yo‘q jonivor hisoblanadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar