Ro‘zani uxlab tutish

Assalomu alaykum! Mo‘minlarni savollariga qoldirmay javob berayotganingiz uchun avvalo tashakkurlar. Mening ham savolimni malol olmasdan go‘zal javobingizni ayamaysiz degan umiddaman.
Shu kunlar muqaddas oy — Mohi Ramazon boshlanadi. Kunlar uzun, havo harorati issiq. Ko‘pchilik ro‘zadorlar tushdan so‘ng uxlab olishni yaxshi ko‘radi. Yaqinda bir gap o‘qidim. — «Ro‘zani uxlab tutganlar, savobini tushida olar» degan ekan. Ro‘zador odam kunduzi uxlab olishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Ro‘zani uxlab tutganlar, savobini tushida olar» degan gap yo‘q. Ro‘zador odam kunduzi uxlab olishi mumkin. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:54 | Савол-жавоблар | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar