Shunday zikr qilish bormi?
Assalomu alaykum! Tanishimga ta’ziya bildirish uchun uyiga bordim. U erda bir mulla namoyishkorona katta-katta toshli uzun tasbehini aylantirib zikr qilayotgan ekan. Qizig‘i shundaki u kishi odamlar bilan gaplashaveradi, ham bir vaqtda tasbeh toshlarini ham aylantiraveradi. Aytishicha vazifa olgan ekan. U kishiga Hazratimizning kitoblaridan, zikr maxfiy bo‘lishi yaxshiligini, hamda zikr uchun qalb hozir bo‘lishi kabi shartlarini sekin tushuntirsam bo‘ladimi? Yoki u kishi qilayotgandek zikr ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday zikrdan biz bexabarmiz. Yaxshi yo‘l bilan tushuntira olsangiz, yaxshi bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:58 | Савол-жавоблар | 174 | Ibodatlar