Esdan chiqib qolgan qarz

Assalomu alaykum! Men hozirda savdogarman, Alhamdulillah hozirda yaxshi, Alloh tijoratimizga barakasini bergan. Lekin oldin men maktabdalik paytlarimda do‘stlarimdan daftar, ruchka, 200-500 so‘m eng kupida 2000 so‘m qarz olib, keyin berib yurardim. Ammo esimdan chiqib qolganlari talaygina, esimga tushsa ham hozir ularni topa olmayman. Men qarzlarimni taqriban hisoblab, bir bechoraga bersam va savobi esimdan chiqib qolgan haqdorlarimga desam, men qarzdan xalos bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda ularni topmaslikdan ko‘ra topish osonroq. Bunga beparvo bo‘lmaslik kerak. Eng oxirgi chora ular tarafidan sadaqa qilishdir. Agar “seni narsangni olgandim” deyish uyat bo‘layotgan bo‘lsa, qarzni niyat qilib, “hadya” deb berish ham mumkin. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:01 | Савол-жавоблар | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar