Namoz o‘qisam

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiganimda joynamozga chiqib, niyat qilib, takbir aytganimdan so‘ng, avtomatik tarzda namoz o‘qib ketaman. Qanday tushuntirsam ekan… Xuddi robotni biror ishga dasturlab qo‘yilgandek. Ba’zan buni nazorat qilolmay qolaman va provardida qaysi rak’atida qaysi zam surani o‘qiganimni ham bilmay qolaman. Vaziyatimni tushuntirishga qiynalaman. Lekin agar tushungan bo‘lsangizlar bu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri? Shu masalada yordam bersangizlar.
Agar bunday o‘qimayman deb harakat qilsam, o‘zimni nazorat qilmoqchi bo‘lsam, suralar yoki duolarda yanglishib qolayapman. Shunga qanday maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yanglishib ketsangiz ham yodoagan suralaringizning ma’nolarini tafakkur va tadabbur bilan o‘qishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:01 | Савол-жавоблар | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar