Mahdiyning kelishi haqida

Assalomu alaykum! Bir inson “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 1000 yildan keyin Imom Rabboniy kelgan. Uning davrida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrida Islom qanday bo‘lsa shunday bo‘lgan. U kishi ikkinchi ming yillikning din yangilovchisi. Shuningdek Islom olimlari hisoblab chiqib, uchinchi ming yillikda Imom Mahdiy keladi. Men o‘yladim o‘sha gap bilan chamasi 500 yillardan keyin qiyomat bo‘lar ekanda” dedi. Bu gapi asossizmi? Bunday deyish esa kufrmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu gapi asossiz. Qiyomatning qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Bu gapni aytuvchiga shu tushunchalarni bergandan keyin ham gapida davom etaversa, g‘aybni davo qilgani uchun kufrning ehtimoli bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:10 | Савол-жавоблар | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar