Plastik kartani naqdlash

Assalomu alaykum! Biz jamoa bo‘lib yangi qurilayotgan domda ishlagan edik. Xizmat haqimizi 3.000.000 so‘mga kelishib, pulni ish tugatganda oladigan bo‘ldik. Ishni tugatib pulni so‘rasak, firma “pul bermayabdi” deb uzoq vaqt pul bermay yurdi. Oradan 3-oy o‘tib, plastik karta berib, “shundan birga-bir echib olinglar” dedi. “Hozir plastikni birga-bir naqd qilib echadigan joy yo‘qku” desak, “mayli 5% silardan 5% bizdan” deb turib oldi. Qishda ish yo‘q pul zarurligidan rozi bo‘ldik. Bizga 2.678.000 so‘mlik plastik berdi biz uni 10% echirdik, yana ma’lum bir miqdorda naqd pulimiz qolgan. Uni haligacha ololmayabmiz. Biz plastikni %ga echirish riboligini yaxshi bilmas edik, endi bilib oldik, in shaa Alloh bu ishni qilmaymiz. Endi % ga echirgan pulimizi hisoblab, pulni echirgan joyimizga olib borib, “shuni dollar qilib bering” desak bo‘ladimi? Ya’ni qilgan ishimizga kafforot o‘rniga o‘tadimi? Shu silkadan javobga binoan.silkaga kirmasa (Plastikka valyuta)desa chiqadi. https://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,18055.msg127040.htm
l#msg127040
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:16 | Савол-жавоблар | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar