Karzdan kutilish uchun ukiladigan duo va kalimalar
Ramazoni sharif barchamizga muborak bo‘lsin. Hurmatli Shayx Hazratlari ushbu savolim sizga takroriy berilayotgan bo‘lsa uzr so‘rayman. Saytdan qidirib topa olmadim. Qarzdan qutilish uchun o‘qiladigan duo va kalimalar haqida ma’lumot bersangiz, iltimos. Yana bir iltimosim, ushbu muborak kunlarda Allohdan barcha mo‘min musulmon qarzdorlar haqqiga qarzlardan tezroq uzilishlarini so‘rab duo qiling. Allox Sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Fotima roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib xodim so‘radi. Shunda u zot unga:«Ey, Allohim! Ey, etti osmonning robbisi va ulug‘ arshning robbisi! Ey, robbimiz va barcha narsaning robbisi! Ey, Tavrot, Injil va Qur’onning nozil qiluvchi! Ey, donni va danakni yoruvchi! Men Sendan O‘zing peshonasidan tutuvchi har narsaning sharridan panoh tilayman. Sen avvalsan! Sendan oldin hech narsa yo‘q! Sen oxirsan! Sendan keyin hech narsa yo‘q! Sen zohirsan! Sendan ustun hech narsa yo‘q! Sen botinsan! Sendan pastda hech narsa yo‘q! Meni qarzimdan qutqar! Meni faqirlikdan boy qil!» degin dedilar».Muslim va Termiziy rivoyat qilgan.Qarzi bor va faqirlikka uchragan odamlarga ushbu duoni o‘qib yurish tavsiya qilinadiBir mukotab Ali roziyallohu anhuning oldiga kelib:«Men kelishilgan mablag‘ni topib berishdan ojiz bo‘ldim. Menga yordam bering», dedi.«Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ta’lim bergan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi? Agar zimmangda Sabiyr tog‘icha qarz bo‘lsa ham Alloh uni sendan uzadi. «Allohumma ikfinii bihalolika an haromika va ag‘ninii bifazlika amman sivoka» degin», dedi».Termiziy rivoyat qilgan.Mukotab-xo‘jasi bilan ma’lum mablag‘ evaziga ozod bo‘lish uchun shartnoma yozgan qul. Sabiyr-Yamandagi bir tog‘ning ismi. Duoning ma’nosi-Ey, Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin.Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan farz namozlardan keyin o‘qib yursa Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirgan edilar, birdan ansorlardan Abu Umoma deb ataladigan kishini ko‘rib qoldilar. Shunda u zot:«Ey, Abu Umoma! Seni masjidda namoz vaqtidan boshqa vaqtda ko‘rmoqdaman?» dedilar.«Meni g‘amlar va qarzlar bosdi, Ey, Allohning Rasuli!», dedi.«Senga agar aytsang Alloh g‘amlaringni ketkazadigan va qarzlaringni uzadigan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi?» dedilar.«Ha, Ey, Allohning Rasuli!», dedi.«Ertalab va kechqurun «Allohumma, innii a’uuzu bika minal hammi val hazani va a’uuzu bika minal ajzi val kasali va a’uuzu bika minal jubni val buxli va a’uuzu bika min g‘albatid dayni va qohrir rijali» degin», dedilar.O‘shandoq qilgan edim, Alloh g‘amlarimni ketgazdi va qarzlarimni uzdi».Abu Dovud rivoyat qilgan.Duoning manosi - Allohim! Sendan g‘am bosishidan, mahzunlikdan, ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, qarzga botishdan va odamlarning g‘olib kelishidan panoh so‘rayman.Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan ertalab va kechqurun o‘qib yursa Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.
20 Апрел 2022, 19:08 | Савол-жавоблар | 184 | Aqiyda