Shukru vuzu’ namozi haqida

Assalomu alaykum! Vaqt faqat 2 rakat uchun etarli bo‘lsa, quyidagi hollarda:
1). Masjidda farz yoki sunnatdan oldin qay biri o‘qiladi? Masjid haqqimi yoki shukru vuzu’?
2). Saharda tahorat olgandan keyin vaqt kam bo‘lsa, 4 rak’at tahajjudmi yoki 2 rak’atdan ikkisini ham o‘qigan afzalmi?
3). Tahorat olib engil ovqatlanish yoki dunyoviy gaplardan keyin ham o‘qish joizmi?
4). G‘usldan keyin o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ikkisini ham niyat qilib o‘qishingiz mumkin. 2). Tahajjud o‘qiganingiz afzal. Hammasini birdan niyat qilsangiz ham joiz. 3). Afzali tahorat olish bilan o‘qish. 4). Albatta. Chunki g‘usl ichida tahorat topiladi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:21 | Савол-жавоблар | 188 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar