Maxsi muddati haqida

Assalomu alaykum! Mahsini oyoqqa kiyish muddati belgilanganmi yoki istalgan paytda tahorat olib kiysa bo‘ladimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istalgan vaqtda tahorat olib kiysa bo‘ladi. Maxsiga mash tortish kichik betahorat kishiga joizdir. Fusl vojib bo‘lgan odamga emas. Uning farzi boldirdan pastga qo‘lning uch barmog‘i miqdorida chiziq tortishdir. Uni ikki choriqqa va to‘piqni to‘suvchi hamda safar qilishga yaraydigan narsaga tortish joizdir. Bunda betahoratlik etishidan avval ikkisi to‘liq tahorat ila kiyilgan bo‘lishi shart. Bu shart taxtakachga qo‘yilmaydi. Taxtakach tushib ketsa, hechqisi yo‘q. Ammo tuzalib tushsa, bundan mustasno. Oyoqni to‘sib turuvchi narsadan boshqa faqat taxtakachgagina mash tortiladi. Mashning muddati betahoratlik etganidan boshlab muqimga bir kechayu bir kunduz. Musofirga uch kechayu uch kunduz.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:27 | Савол-жавоблар | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar