“Voqi’a” surasining fazli
Assalamu alaykum! “Voqi’a” surasi haqida kelgan hadisda aytilishicha “kim har kecha uni tilovat qilsa, unga kambag‘allik etmas” ekan. Ma’lumki, amallar niyatga qarab bo‘ladi. Kishi “Voqi’a” surasini “kambag‘allik etmasin” deb yodlasa va uni har kecha o‘qisa, unga kambag‘allik etmaydi. Endi niyati faqat kambag‘al bo‘lmaslik uchun yodlagan ekan, unga birorta ham savob tegmaydi shundaymi? Ya’ni qiyomatda har kecha bu surani o‘qiganlik savobini kutmasa ham bo‘lar ekanda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 3694. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, jannatda bir daraxt bordir. Otliq uning soyasida yuz yil yursa ham, o‘ta olmaydi. Agar istasangiz, «Va yoyilgan soyalardadirlar» oyatini qiroat qiling», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Bu rivoyatda Voqi’a surasidagi bir oyatning ma’nosi oydinlashtirilmoqda. 3695. Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning «Ko‘tarilgan ko‘rpachalardadirlar» degan qavli haqida: «Ularning balandligi – osmon bilan ercha. Ikkisining orasi esa, besh yuz ming yillik yo‘ldir», dedilar». Sharh: Bu rivoyatda ham Voqi’a surasidagi bir oyatning ma’nosi oydinlashtirilmoqda. 3696. Anas roziyallohu anhudan rivoyat hilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Albatta, Biz u (hur)larni daf’atan, xos qilib yaratdik» oyati haqida: «Dunyodagi qari, ko‘zi xira va shilpiqlardan yaratdik», dedilar». Ikkisini Termiziy rivoyat ыilgan. Sharh: Bu dunyodagi qari, ko‘zi xira va shilpiq ayollardan Alloh taolo oxiratda ushbu oyatda zikr qilinganlarni yaratadi, ekan. Alloh taolo: «Orangizdagi o‘limni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz. Sizning o‘rningizga sizga o‘xshashlarni almashtirishdan va sizlarni o‘zingiz bilmaydigan holda yaratishdan», degan (60-61-oyat). Sharh: O‘lim o‘zi nima? Qaerdan keladi? Kim uni boshqaradi? Shu kabi savollarga «Faqat Alloh», deb javob berishdan o‘zga chora yo‘q. Alloh agar xohlasa, hozirgi insoniyatning hammasini birdaniga yo‘qotib, o‘rniga boshqa toat-ibodatlilarini yaratib olish qudratiga ega. Alloh taolo istasa, hozirgi insonlarni o‘zlarining hayollariga ham kelmagan shaklda, boshqacha holda yaratishi ham mumkin. Unga buning hech qiyin joyi yo‘q. Chunki, yo‘qdan bor qilgan Alloh taologa borni boshqacha holda yaratish, o‘zgartirish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yo‘qdan bor qilish qanday bo‘lishining bayoni esa, yuqoridagi oyatlarda keldi, buni hamma bildi. 3697. Abu Bakr roziyallo’u an’u: «Yo Allohning Rasuli, sochingizga oq tushibdi?» dedi. «Hud», «Voqi’a», «Val Mursalot», «Amma yatasaalun» va «Izash-shamsu kuvvirot»lar sochimga oq tushirdi», dedilar u zot». 3698. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Va yolg‘onga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi?!» (Allohga bo‘lgan) shukringizni, dedi. Falon, falon burj ila, bu, bu yulduz ila bizga yomg‘ir yog‘di, deysizlar?» dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Aslida bandalar yomg‘ir yog‘dirgan Alloh taologa shukr qilishlari kerak. Ammo ular buning o‘rniga «Falon, falon burj ila, bu, bu yulduz ila bizga yomg‘ir yog‘di», deya yolg‘onga chiqaradilar. 3699. Muslimning lafzi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida odamlarga yomg‘ir yog‘di. Bas, u zot: «Odamlarning ba’zilari shokir, ba’zilari kofir bo‘lib tong ottirdilar. «Bu Allohning rahmatidir», dedilar shokirlar. Ba’zilar «Albatta, bu va bu burj tasdiq qildi», dedi», dedilar. Shunda «Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman»dan «yolg‘onga chiqarursizlar»gacha oyat nozil bo‘ldi». Sharh: Bu rivoyatda unda zikr qilingan oyatning nozil bo‘lish sababi bayon qilinmoqda. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam.
20 Апрел 2022, 21:03 | Савол-жавоблар | 205 | Turli savollar