Ota va bola o‘rtasidagi tortishuv
Assalomu alaykum! Men eng kenja o‘g‘il bo‘lganim uchun otam bilan yashayman. Ko‘pincha vaqtimni otam bilan o‘tkazganim uchun ba’zan otam bir narsalarni noto‘g‘ri, qisqartirib aytadilar. Biror gapni o‘zlariga to‘g‘ri kelishi uchun xohlasalar gap qo‘shib gapiradilar, xohlasalar o‘zlariga to‘g‘ri kemagan joylarini qirqib gapiradilar. Bunday holatlarda men nima qilay? Ularga to‘g‘ri tushuntirsam jahllari chiqib, “o‘g‘lim meni yonimni olmaydi” deydilar. Aslida bu kabi holatlarda onalar aytishlari kerakku, lekin otam bilan oyim ajirashishgan va gaplashishmaydi. Shu holatda meni otamga gapirishim to‘g‘rimi? Ya’ni aqil o‘rgatayotgan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aql o‘rgatayotgan bo‘lmaysiz. Gapirish uslubingizni o‘zgartirib, to‘g‘ri gapni gapirayotganingizda ham otangiz to‘g‘ri tushunadigan usulni qo‘llang. Ustozlarimiz: haq gapni yaxshi niyatda, xolis Allohning roziligini talab qilib, chiroyli usulda etkazilsa, ta’sir qilishini aytganlar. Uchta shart: haq gap, xolis Allohning rozligi uchun aytish va to‘g‘ri usulni tanlash. Shular topilsa, ta’sir qilmasdan qolmaydi – deganlar. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:29 | Савол-жавоблар | 157 | Oila va turmush