Farzdan tashqari namozlar

Assalomu alaykum! Farz namozlarida zam sura o‘qish ketma-ketligi Qur’ondagi ketma-ketlik kabi bo‘lishini bilamiz. Ammo sunnat va nafl namozlarida, zam suralarni ketma-ketligiga amal qilmasdan o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Fuqaholarimiz, “nafllarda farzda ijozat berilmagan ko‘p amallarga ijozat berilgan” deganlar. Masalan: tik turishga qodir bo‘lgan kishiga, farzlarni tik turib o‘qishi farz. Naflda esa, tik turishga qodir bo‘la turib, o‘tirib o‘qishi joiz. Ikki sajdaning orasida duolar, bir surani bir necha rak’atga zam sura qilish, bir rak’atda bir necha bor takror o‘qish kabilar. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:32 | Савол-жавоблар | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar