Qabristonda marosim

Assalomu alaykum! Bizning mahalla qabristonida (kirish hovlisida) har yili bahor oyida xudoyi qilinadi. Mol so‘yilib taom pishiriladi va hamma olib kelingan narsalar stolga qo‘yilib, mahalla ahli birgalikda tanovvul qilishadi. Tabiyki obodonchilik ishlari ham bo‘ladi. Domla olib kelinadi va duoyi fotiha qilinadi. Tushunishim bo‘yicha qabristonda taom tanovvul qilish mumkin emas. Savolim shuki dinimizda bu masalaga qanday qaraladi? Aziz va muhtaram ustozlar shu masalani iloji bo‘lsa dalillar bilan sharhlab bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Qabrlardan alohida bo‘lsa, uning hech qanday karohiyati yo‘q. Hamma topganini bir joyga olib kelib, eyish borasida quyidagi hadis bor. EGULIKDA, HALFANADA VA TOVARLARDA ShERIKChILIK QILISh HAMDA O‘LChANADIGAN VA TORTILADIGAN NARSALARNI ChAMALAB YoKI HOVUChLAB-HOVUChLAB TAQSIMLASh QANDAY BO‘LIShI HAQIDA لَمَّا لَمْ يَرَ الْمُسْلِمُونَ فِي النَّهْدِ بَأْسًا أَنْ يَأْكُلَ هَذَا بَعْضًا، وَهَذَا بَعْضًا وَكَذَلِكَ مُجَازَفَةُ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ، وَالْقِرَانُ فِي التَّمْر Musulmonlar halfanada bunisi (ovqatning) bir qismini, narigisi boshqasini eyishining hechqisi yo‘q deb bilgandan keyin, tillani kumushga chamalab berish va xurmoni juft-juft olishda ham xuddi shunday bo‘ladi.* Izoh: Olimu obid, kattayu kichik – barcha musulmonlar qadimdan o‘zaro halfana qilgan eguliklaridan eyishda unisi bir tur narsalarini, ikkinchisi boshqa bir bo‘lagini eyishining zarari yo‘q, deb bilishgan. Shunga qaraganda, tillani kumushga chamalab almashtirish ham mumkin bo‘ladi. Ammo tillani tillaga, kumushni kumushga chamalab almashtirish joiz emas. Shuningdek, mazkur qoidaga ko‘ra, ikki kishi o‘rtalaridagi xurmoni eyishganda biri bittadan esa, ikkinchisi ikkitadan, juftlab olishi ham mumkin, chunki halfanada ham hamma bir xil va bir tur narsa emaydi, balki o‘rtada tafovut bo‘lishi tabiiy. Bundan saqlanishning imkoni bo‘lmagani uchun, bu kabi tafovut e’tiborga olinmaydi. Sharti shuki, halfanada o‘zaro rozilik bo‘lishi lozim. •    Ushbu gap ham asl matnda tarojumga – bobning sarlavhasiga tegishli, lekin qulay va tushunarli bo‘lishi uchun ajratib keltirildi.(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar