Sunnat namozlaridagi qiroat

Assalomu alaykum! Hurmatli sayt a’zolari, men bir domlaning ma’ruzasida “sunnat namozida ovozni umuman chiqarmay, pichirlab o‘qish kerak” dedi. Men ovozimni chiqarib o‘qisam, yonimdagilar “ichingda o‘qi” deyishayapti, ichimda o‘qisam qiroat farzku, nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ovoz chiqarib qiroat qilishning eng pasti o‘zidan boshqaga eshittirishdir. O‘zidan boshqa eshitmaydigan darajadagi qiroatni «ovoz chiqarib qiroat qilish» deb bo‘lmaydi. Demak, ovoz chiqarish lozim bo‘lgan qiroatda aqalli o‘ziga eng yaqin turgan kishi eshitadigan darajada ovoz chiqishi lozim ekan. Ovoz chiqarmay qiroat qilishning eng pasti o‘zi eshitadigan bo‘lishidir. Mana shu to‘g‘ridir. O‘zi eshitadigan darajada bo‘lmagan narsa qiroat bo‘lmaydi. O‘zidan boshqa eshitadigan bo‘lsa, oshkora qiroat bo‘lib qoladi. Og‘zini yumib, xayolida qiroat qilish umuman qiroat emas.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:39 | Савол-жавоблар | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar