Nomahram hisoblanadimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, “nomahram ayollar” deb kimga va qanday ayollarga aytiladi? Yaqin yoki uzoq qarindoshlar ham nomahramga kiradimi? Ijtimoiy tarmoqlarda qarindoshlarim bilan gaplashib turardim, shunga shubha paydo bo‘ldi. Ular bilan gaplashishning hukmlari qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! NIKOHI HAROM BO‘LGAN AYoLLAR Alloh taolo turli sabab va hikmatlarga ko‘ra har bir erkakka bir necha toifa ayollarning nikohini harom qilgan. Erkak kishi ularga uylanishi mumkin emas, bunday qilish harom hisoblanadi. Kim bu ishni qilsa, gunohkori azim bo‘ladi. Mazkur gunohga botib qolmaslik uchun har bir musulmon shaxs ushbu masalani yaxshilab tushunib olmog‘i kerak. «Muxtasari Viqoya»ning sohibi bu masalani quyidagicha bayon qiladilar. Quyidagilar harom bo‘ladi: asli, far’i, yaqin aslining far’i, uzoq aslining sulbidan bo‘lgan qizi, xotinining onasi va jinsiy yaqinlik qilgan xotinining qizi, aslining va far’ining xotini. 1. Asli, ya’ni onasi, momolari: otasining onasi va onasining onasi va hokazo. 2. Far’i, ya’ni qizi, farzandlarining qizlari, ya’ni qiz nabiralari. 3. Yaqin aslining far’i, ya’ni ota va onasidan tarqalganlar – opa-singillari. 4. Uzoq aslining sulbidan bo‘lgan qizi, ya’ni bobo va momolarining qizlari – amma va xolalari. 5. Xotinining onasi, u xotin bilan qovushganmi, yo‘qmi, baribir. 6. Jinsiy yaqinlik qilgan xotinining boshqa eridan bo‘lgan qizi. Agar bir xotinni nikohiga olgan, ammo unga yaqinlik qilmagan bo‘lsa, undan ajrab, mazkura ayolning boshqa eridan bo‘lgan qiziga uylansa bo‘ladi. 7. Aslining va far’ining xotini, ya’ni otasining va o‘g‘lining xotini. Ushbu toifadagi ayollarning nikohi haromligiga oyati karimalardan va hadisi shariflardan bir qancha dalillar bor: حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ النِّسَاء إِلاَّ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ كِتَابَ اللّهِ عَلَيْكُمْ Alloh taolo: «Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Qo‘lingizga mulk bo‘lganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir», degan (Niso surasi, 23-24-oyatlar).(Qolgan ma’lumotlarni batafsil "Kofoya" kitobidan bilib olasiz). Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:49 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar