Ayollar tahorati masalasi
Assalomu alaykum! Qizlarda xayzdan tashqari xar kun keladigan «vыdelenie» degan narsa bor. Shu taxoratni buzadimi? Rangsiz xech narsasiz, qishda doim xam taxorat qilish noqulay, kimdir buzadi deydi kimdir esa yo‘q. Shunga aniqlik kiritmoqchi edim. Taxorat qildim degandan darov keladi, doktorga uchrasam bu narsa qiz boladi bo‘lishi kerak deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U narsa tahoratni sindiradi. RUTUBATUL FARJFiqhiy kitoblarimizda “Rutubatul farj(ayol kishining jinsiy a’zosini namlanib turishi)” degan ibora keladi. Shu namlikni pok yoki najosat ekanligi borasida ulamolarimiz ixtilof qilganlar. Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh o‘zlarining “Imdodul fatavo” kitoblarida bir kishi tomonidan bu haqda berilgan savolga shunday javob berganlar: “Ayol kishining farji uch qismga bo‘linib, u erdan chiqadigan namliklarning hukmi ham alohida-alohidadir:1. Tashqi farj – g‘uslda yuvilishi farz bo‘lgan joylar. U erning namligi pok hisoblanadi. Chunki, u namlik badandan chiqqan ter kabidir;2. Farji doxil (ichki farj) – g‘uslda yuvish vojib bo‘lmagan bavl va bola chiqadigan teshiklar joylashgan joy. Bu joyni namligi to‘g‘risida olimlar ixtilof qilganlar. Jumladan, Abu Hanifa rahmatullohi alayh pok deganlar. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammad rahmatullohi alayhlar najosat deganlar;3. Bachadon ichi – bachadon ichidan keladigan namlik bil ittifoq najosatdir.Ko‘pincha shamollash tufayli bachadondan oq suyuqlik chiqib turadi. Fiqhiy kitoblarimizda uni “sayalaanur rahim (bachadondan suv kelib turishi)” deyiladi. Tahoratni ketkazuvchi narsalarni sanab o‘tilganda لِأَنَّ كُلَّ مَا خَرَجَ مِنْ السَّبِيلَيْنِ يَنْقُضُ الْوُضُوءَ “Ikki yo‘lning biridan chiquvchi barcha narsa, tahoratni ketkazadi” degan ibora keltirilgan. Bachadondan suv kelib turishi ham tahoratni sindiradi. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tish kerak, Abu Hanifa va imomaynlar ixtilof qilgan rutubatul farj umuman boshqa narsa, ya’ni rutubatul farj boshqa narsa, sayalanur rahim (bachadondan suyuqlik kelib turishi) boshqa narsadir. Bu sayalanur rahim hozirgi kunda ayollar orasidagi vыdeleniya deb tarqalgan oq suyuqlikdir. Imomlar ixtilof qilgan rutubatul farj bilan sayalanur rahim o‘rtasida farq bor ekan. Ularning hukmlari ham alohida bo‘ladi. Ikkinchi joydagi namlik ixtilofli. Bachadondan chiqadigan suyuqlik najosat hisoblanib tahoratni ham ketkazadi. Kiyimga teksa najosat qiladi. Bachadonidan suyuqlik kelib turadigan ayol sohibi uzr shartiga tushsa, sohibi uzr sanaladi. وَفِي الْبَدَائِعِ لَوْ احْتَشَتْ فِي الْفَرْجِ الدَّاخِلِ وَنَفَذَتْ الْبِلَّةُ إلَى الْجَانِبِ الْآخَرِ فَإِنْ كَانَتْ الْقُطْنَةُ عَالِيَةً أَوْ مُحَاذِيَةً لِحَرْفِ الْفَرْجِ كَانَ حَدَثًا لِوُجُودِ الْخُرُوجِ، وَإِنْ كَانَتْ الْقُطْنَةُ مُتَسَلِّفَةً عَنْهُ لَا يُنْقَضُ لِعَدَمِ الْخُرُوجِ، وَإِنْ كَانَتْ احْتَشَتْ فِي الْفَرْجِ الْخَارِجِ فَابْتَلَّ دَاخِلَ الْحَشْوِ انْتَقَضَ نَفَذَ وَلَمْ يَنْفُذْ فِي التَّبْيِينِ “Badoyi’”da kelishicha ayol kishi ichki farjiga (ya’ni biz yuqorida aytib o‘tgan ikkinchi joyga) paxta yoki latta kabi narsani tiqib olsa va namlik boshqa tomonga o‘tsa, agar tiqib olingan latta yoki paxtaning bir bo‘lagi ichki farjidan tashqariga chiqib turgan bo‘lsa yoki tashqi farjdan ko‘rinib turgan bo‘lsa, namlikni tashqariga chiqishi topilganligi uchun tahorat sinadi. Agar paxtaning bir tomoni tashqariga chiqmay, butkul ichkariga tiqib olingan bo‘lsa, bunday holatda (namlikni paxtaning boshqa tomoniga sizib o‘tishi bilan) tahorat sinmaydi. Chunki, namlik tashqariga chiqmadi”. “Tabyiyn”da keltirilishicha, agar paxta yoki latta kabi narsani tashqi farj (ya’ni biz aytib o‘tgan birinchi joy)ga qo‘yib olsa lattaning ichki tomoni xo‘l bo‘lib, tashqi tomoniga sizib o‘tmasa ham tahorat buziladi. Chunki, namlik ichki farjdan tashqari farjga chiqdi” (Bahrur roiq).Siydigini tuta olmaydigan kishilar siydigi chiqadigan teshikchaga paxta yoki qog‘oz kabi narsani tiqib olsa-yu, u tashqaridan umuman ko‘rinmasa, tahorat buzilmaydi. Paxta ichkarida turib nam bo‘lsa ham. Agar paxtani bir qismi ichkarida bo‘lib, bir qismi tashqaridan ko‘rinib tursa, tiqib olingan paxtaning tashqi tomoni namlanib qolsa, tahorat buzilgan deb hukm qilinadi. (Imdodul fatavodan qisqartirib olindi). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 03:30 | Савол-жавоблар | 175 | Ayollarga oid masalalar