Saytdan foydalanuvchilarga murojaat

Assalomu alaykum! Hurmatli sayt foydalanuvchilari, sizlardan iltimos saviyasi past savollar berib tahririyat xodimlari va minglab sayt foydalanuvchilarni qimmatli vaqtini zoe qilmaylik. Masalan  27.02.2016-kuni javob berilgan “Shirk” va “Maniy” haqida va 28.02.2016-kuni javob berilgan “Tahorat sinishi” haqidagi savollarning saviyasi past va islomiy odob-axloq qoidalariga zid savollar. Bular nafaqat minglab insonlarni vaqtini zoe qilish, balki o‘sha savolni beruvchining islomiy ilm saviyasi yo‘q ekanini va islomiy odob-axloq fazilatlari ham yo‘q ekanini oshkor qiladi. Hurmatli sayt foydalanuvchilari, iltimos kitob o‘qiylik, kitob varaqlashga toqati yo‘qlar savol-javoblar arxividagi savol-javoblarni hech bo‘lmasa 3dan 1ini o‘qib, tanishib chiqaylik. Shunda johillik illatidan o‘zimizni biroz poklagan bo‘lardik va saviyasi past savollar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketar edi. Alloh hammamizga tavfiq bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:52 | Савол-жавоблар | 142 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar