Cho‘chqa terisidan tayyorlangan sumkani taqib yursa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Cho‘chqaning butun borlig‘i ayni najosat hisoblanadi. Uning biror bir bo‘lagidan foydalanish joiz emas. Go‘shti ham, yog‘i ham, terisi va suyagi ham najosatdir. Ulardan hech bir shaklda foydalanish joiz emas. Alloh taolo “Baqara” surasi 173-oyatida marhamat qiladi : إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللّهِ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلاَ عَادٍ فَلا إِثْمَ عَلَيْهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ Baqara 173. Albatta, U Zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqa go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni harom qildi. Kimki maza talab qiluvchi va haddan oshuvchi bo‘lmagan holda majbur bo‘lib qolsa, unga gunoh yo‘q. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. cho‘chqaning go‘shti. «Go‘shti» deyilganidan «yog‘i yoki boshqa joyi halol ekan-da», degan fikr uyg‘onmasligi kerak. Cho‘chqa butkul harom. U ham najas va iflos bo‘lgani uchun o‘limtik va qon kabi haromdir. Qolaversa, cho‘chqa tabiati buzuq, iflos hayvon, nima ko‘rinsa, eyaveradigan maxluq. Sof tabiat egalari undan nafrat qiladilar. Eyilgan ozuqa inson vujudiga singib, o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, ba’zi dorilarni ichsangiz, Alloh u moddalarga bergan xususiyat tufayli tanadagi og‘riq qoladi, ba’zilari iste’mol qilinsa, asab o‘rniga tushadi va hokazo. Shuningdek, ba’zi ovqatlar issiqligingizni oshirib yuborsa, boshqasi sovuqligingizni oshiradi. Xulosa shuki, tanovul qilingan ozuqalar insonga har jihatdan ta’sir o‘tkazadi. Tajribalilarning ta’kidlashlaricha, dunyoda erkagi urg‘ochisini qizg‘anmaydigan birdan-bir hayvon cho‘chqa ekan. Tib olimlari cho‘chqa go‘shtida qon-tomir va yurak kasalliklarini tarqatuvchi moddalar borligini ham aniqladilar. Yana boshqa ko‘pgina zararlari ham ayon bo‘ldi. Bu haqda hatto o‘zlari cho‘chqa go‘shtini iste’mol qiladigan xalqlarning vakillari, Qur’on va Islomdan bexabar kishilar ilmiy ishlar qildilar, alohida kitoblar ham yozdilar.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 14:59 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar