Ucell va Belinee
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, lotoreya o‘yini harom ekanligini bilamiz. Meni o‘ylantirgan narsa mobil telefon kompaniyalari tashkil qiladigan mukofotli o‘yinlar hukmi qanday? Masalan: ma’lum bir muddat ichida telefoningizga ma’lum miqdorda mablag‘ solib ishlatsangiz o‘yin ishtirokchisi bo‘lasiz. O‘yin vaqtida nomeringiz chiqsa mukofot beradi. Tabiiyki pulni telefonga bu o‘yinda ishtirok uchun emas, balki ishlatish uchun solinadi. Shu o‘yin harom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ko‘pchilik tarafidan pul tikilib, uyushtiruvchi o‘z hissasini olib, o‘sha tikilgan pullardan yutuq uyushtirib, ishtirokchilarning biriga mukofot qilib berish qimor hisoblanadi. Agar kompaniyalar o‘zlari tarafidan yutuq belgilashsa, buning hech qanday zarari yo‘q. Boshqa kompaniyalarni qo‘yib mu’ayyan o‘sha kompaniyadan foydalanganingiz uchun imtiyoz tariqasida berilgan pul qimorga kirmaydi. Bu xuddi supermarketlardagi “Bizdan ko‘p foydalanganingiz uchun sizga maxsus chegirma yoki mukofot” kabi bo‘lgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:00 | Савол-жавоблар | 152 | Halol va harom