Iso alayhissalom…

Assalomu alaykum! Bir-biriga bog‘liq bir necha savol berishga ruxsat bergaysizlar. Ma’lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan oldin kelgan payg‘ambarlar faqat o‘z qavmlariga yuborilganlar. Demak, Iso alayhissalom ham faqat yahudiylarga payg‘ambar bo‘lib kelgan ekanlarda? Unday bo‘lsa, (islomdan oldin) o‘sha dinga kirgan  boshqa qavmlarning hukmi qanday bo‘ladi? O‘sha davrlarda ham ahli fitrat bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan avval kelgan payg‘ambarlar faqat o‘z qavmlariga yuborilganlar” degandan, “Ularga yuklatilgan vazifa o‘zlarining qavmlariga shariatni etkazishdan iborat” degan ma’noni bildiradi. Chunki, u vaqtlarda bir vaqtning o‘zida bir necha payg‘ambarlar bo‘lgan. Bundan “Muso alayhissalom yoki Iso alayhissalomga Banu Isroildan boshqa kishilar iymon keltirishlari joiz emas” degan ma’no kelib chiqmaydi. Iso alayhissalom yahudiylarga emas, balki Banu Isroilga payg‘ambar bo‘lganlar. Yahudiylar ham Banu Isroilning bir bo‘laklari hisoblanadi. Payg‘ambarlarga iymon keltirgan har bir odam mo‘min bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:00 | Савол-жавоблар | 145 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar