Safardagi do‘stimning oilasi

Assalomu alaykum! Do‘stim ayoli bilan janjalda “Sandaqa ayol kerakmas yo‘qol” lafzini ishlatgan. Mana 6 oy bo‘ldiki gaplashib turadi, lekin birga yashagani yo‘q. Endi yana qalblari yaqinlashib yana yashashga qaror qilishdi. Bular qanday yo‘l tutishi kerak? Ular hozir safarda jonli suhbat qilish uchun atrofida ilimli insonlaram yo‘q. Shunga echim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avval taloq qo‘ygan yoki qo‘ymaganligi to‘g‘risida ma’lumot kerak,  shuningdek “Sandaqa ayol kerakmas yo‘qol” lafzidan tashqari yana qanday so‘zlar aytganini ham bilish kerak. Yana o‘rtada yolg‘on aralashmayotganini ham bilmay turib biror narsa deyilmaydi. Chunki bu halol va harom masalasidir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 15:54 | Савол-жавоблар | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar