Uxlab qolganda tahorat

Assalomu alaykum! Ustozlarimni biridan “tahorat qay holatda uxlasa sinmaydi?” deb so‘raganimda “chordana qurib uxlasa tahorat sinmaydi” deyishgandi. Yaqinda Juma ma’ruzasida uxlab qolibman, xurrak ham otibman. Shunda yonimdagi bir birodar meni turg‘izib “tahoratingiz buzildi chunki siz xurrak otib yubordingiz” dedi. Tahoratim singanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Suyanib uxlasa suyangan narsasini olib qo‘ysa yiqiladigan darajada suyangan bo‘lsa, masalan siz chordona qurib tirsagingiz bilan soningizga suyangan bo‘lsangiz tahoratingiz sinadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 04:07 | Савол-жавоблар | 160 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar