Kredit karta ishlatishi joizmi?

Assalomu alaykum! Men musulmon bo‘lgan odamning kredit karta ishlatishi haqida ma’lumot olmoqchi edim. Hozirda men chet davlatdaman. Bu erda kredit kartalar xizmati juda ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kredit kartasi bor odamda anchagina qulayliklar mavjud bo‘ladi. Men o‘zim ham bir nechta bankdan kredit karta olganman va hozirda ularni ishatayapman. Kredit kartada ma’lum bir miqdorda pul ajratilgan va u pulni ishlatganimda menga 1 oy muddat beriladi va shu pulni 1 oy muddatda joyiga qo‘ysam, mendan hech qanday pul to‘lash(xizmat haqi va foiz to‘lov ham) talab qilinmaydi. Agar men ma’lum bir do‘konlardan qimmatroq narsa xarid qilsam(kamida 200$) men buni kredit kartadan to‘layman. Keyin men bankka telefon qilib “men shu-shu narsa xarid qildim va bu pulni 3 yoki 6 yoki 12 oyga bo‘lib to‘layman” deb aytaman. Shunda bank menga bu to‘lovni 3-6-12 oylarda hech qanaqa foiz yoki xizmat haqsiz bo‘lib to‘lashga ruxsat beradi. Mana shu holatda kredit kartani ishlatish mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytganingizdek bo‘lsa, kredit kartadan foydalanish mumkin. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:04 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar