Qalbga jo aylab

Assalomu alaykum! Aziz uztozlar bergan javoblaringiz uchun rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Menda yana bir savol paydo bo‘lib qoldi: Menda Qur’onning o‘zbekcha audio tarjimasi bor, shuni eshitib, eshitganlarimga amal qilsam Qur’onni dilimga jo qilgan bo‘lamanmi? Javob uchun oldindan tashakkur. Alloh sizlardan, o‘tganlardan va bizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arabiy lafzlarini ham yodlasangiz qalbiga jo qilganlardan bo‘lasiz. Unga amal qilsangiz Allohning huzuridagi haqiqiy qorilar safida bo‘lasiz.  Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:05 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar