Qoida bormi?

Assalamu alaykum! “Anbiyo” surasi 88-oyatining oxirida noodatiy tarzda «nun» qo‘llanilgan. Mazkur holatda biror qoida bormi? «nun» «nun»ga yo‘liqqanida «tashdid» bilan ifodalanar edi. Bu joyda boshqa ekan. Qur’onda boshqa bunday «nun»ning qo‘llanilishini uchratmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kalimada ikki “nun” bo‘lib, birinchisi harakatli, ikkinchisi sukunlidir. Ushbu kalimaning tepasiga qo‘yilgan kichik “nun” bu kalimada sukunli “nun” borligini bildiradi. Ushbu sukunli “nun”, “jim” harfiga ixfo qilinganligi uchun yozilmagan. Siz aytgandek tashdidli bo‘lishi uchun birinchi “nun” sukunli bo‘lib, ikkinchisi esa harakatli bo‘lishi kerak. Bu qoidaning ismini idg‘om deyiladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:05 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar