Ona va bola
244-9981 Assalomu alaykum! Bilamizki ona mo‘tabar, onaning gapi o‘g‘il uchun qonun. Lekin katta yoshdagi, oilali o‘g‘il va uning onasi o‘rtasidagi munosabat qanday bo‘lishi kerak? Islom har bir narsa uchun o‘z shariati qonunini belgilaganku, bu borada ham bormi? Aynan Ular o‘rtasidagi uyat va chegaralar. Masalan farzand o‘zini farzandmanku deb erkalanib ichki kiyimda yurishi, onasini har xil ushlashlari? Noo‘rin uyatli bo‘lsa uzr so‘rayman.Agar taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Bu kabi gaplarni aytishdan juda ham ehtiyot bo‘lsinlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi : وَإِذَا بَلَغَ الْأَطْفَالُ مِنكُمُ الْحُلُمَ فَلْيَسْتَأْذِنُوا كَمَا اسْتَأْذَنَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 59. Qachon sizning yosh bolalaringiz balog‘atga etsalar, ulardan oldingilar izn so‘raganlaridek, izn so‘rasinlar. Alloh O‘z oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir. Balog‘atga etgan o‘g‘il-qizlar ulardan oldin izn so‘rab yurgan katta kishilar kabi, ota-onalari va boshqalar huzuriga iznsiz kirishlari mumkin emas. Rivoyatlarda kelishicha, sahobai kiromlardan biri ushbu oyat nozil bo‘lganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilib: – Ey Allohning Rasuli, mening onam qarib qolgan, men uning xizmatini qilib turaman, har kirganimda ruxsat so‘rashim kerakmi? – deganida, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: – Nima, bo‘lmasa, onangni kiyimsiz holda ko‘rmoqchimisan?! – deganlar. Aynan shu mulohaza tufayli, balog‘atga etgan bolalar bir oila a’zolari bo‘lsalar ham, bir-birlarining huzurlariga kirishdan oldin izn so‘rashlari joriy qilingan. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/oilam-turmush/nikoh-taloq/652-urmati-musokharat.html
28 Апрел 2022, 15:54 | Савол-жавоблар | 153 | Oila va turmush