Namozda oyoq holati

Assalamu alaykum! Izlab topolmadim. Aytaylik, namoz o‘qib birinchi sajdani qildim, keyin o‘tirdim. Ikkinchi sajdani qilishdan oldin menda bir savol bor. Qaysi biri to‘g‘ri: 1) ikkinchi sajdani qilishdan oldin sal ko‘tarilib, chap oyog‘imni barmoqlarini qiblaga qaratib, so‘ngra qo‘limni qo‘yaman, keyin sajda. 2) ikkinchi sajda qilishdan oldin egilib qo‘limni qo‘yaman, muvozanatni ushlab keyin chap oyog‘imni barmoqlarini qiblaga qarataman, keyin sajda. Javobingiz uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunchalar maydalashmang. Maqsad sajda vaqtida tovonlar tik bo‘lib, barmoqlar qiblaga qarab turishi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:12 | Савол-жавоблар | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar