Hamma o‘qisin!
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar bu saytdan foydalanib juda ko‘p narsalarni o‘rganayapmiz. Ming afsuski Shayx Hazratlari(rohimahulloh)ning bergan javoblarini o‘qirkanmiz, arzimagan narsalar haqida Hazratimiz bilan baxslashib, u zoti muborakni qimmatli vaqtlarini olib, dillariga ozor etkazgan kimsalar ham bo‘lganini ko‘rib juda qattiq xafa bo‘ldim. U kishi bilan suhbat qilish hammaga ham nasib etmagan. Shukurki shogirdlaridan maslahatlar olishni nasib etdi. Hurmatli birodarlar, ustozlarga savol berishda odobga rioya qilaylik va ilmlaridan unumli foydalanaylik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mana buni “Fiqh” deyiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam fiqhni alohida madh qilganlar. Misol uchun, quyidagi hadisni olishimiz mumkin. عَنْ مُعَاوِيَةَ رضي الله عنه ، عنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ مَنْ يُرِدِ اللهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
«Fiqh» so‘zi, avval aytib o‘tganimizdek, lug‘atda bir narsani daqiq joylarigacha tushunishni anglatganidan, shariat hukmini daqiq joylarigacha tushunishni ta’minlaydigan ilm ham «fiqh» deyiladi. Ana shunday ilmiy malakaga ega bo‘lgan odamni «faqih» deyiladi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi», demoqdalar.
Demak, din ta’limotlarini yaxshi tushunadigan bo‘lish banda uchun katta baxt-saodatdir, unga Alloh taolo yaxshilikni iroda qilganining alomatidir. Chunki diniy ilmni ham bandaga Alloh taoloning O‘zi beradi. Shuningdek har kim o‘zining va o‘zgalarning holatini to‘g‘ri baholay olishi, savollarni dunyo va oxiratiga eng zarur bo‘lganlarini tanlab berishi va javob beruvchilarning qalbiga o‘zi uchun foydali bo‘lgan javobni solishini Allohdan so‘rashi ham fiqhdir. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:13 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar