Shuruk namozi

Assalomu alaykum! Bomdod namozini jamoat bilan masjidda o‘qib bo‘lgandan so‘ng soat 7:48-7:49 gacha zikr, istig‘for, salavot duolarni qilib, shukur namozini o‘qidim. Chamasi 38 yoshlarga kirgan bola “siz makruh amal qildingiz”, deb Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Mo‘’minning meroji” kitobidan “Shuruq namozi” haqidagi betni ko‘rsatdi. Telefonimda namozlarni vaqti, ya’ni Shuruq namozi 7:45 ko‘rsatyapti. Bugun 7:48 dan boshlab o‘qiganim makruh bo‘ldimi, menga gapirgan bola haqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyosh chiqishi 7:48da bo‘lsa bir 10 daqiqa qo‘shib keyin namoz o‘qishingiz mumkin. Chunki quyosh chiqdi deyilganda quyoshning yuqori bir qismigina ko‘rinadi. To‘liq chiqib olmagunicha namoz o‘qish makruhi tahrimiy. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 20:06 | Савол-жавоблар | 590 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar