Shom namozi haqida

Assalamu alaykum! Masjidlarda shom namoziga "azon" aytiladi va uning duosini o‘qishmasdan iqomatni aytib ketishadi. Shu to‘g‘rimi? O‘zim duoni o‘qib qo‘ysam bo‘ladimi? Yana shom namozini o‘qib, "Laa ilaaha illalloh..." kalimasi o‘qiladi, imom qisqa duo qilib beradilar va namoz shu bilan tugaydi. Men shom namozidan so‘ng tasbeh, Qur’on o‘qib keyin tursam bo‘ladimi? Nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunda sunnatni tark qilish bor. Agar bu ish odatga aylanadigan bo‘lsa, makruhi taxrimiy bo‘ladi.  Shom namozidan keyin Qur’on va tasbehlar o‘qish hadislarda kelmagan. Lekin “Avvobin” namozini o‘qish mustahab hisoblanadi. Unga ulkan ajrlar va’da qilingan. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:26 | Савол-жавоблар | 358 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar